Page 374 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 374

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          ning qadr lanmasligi bilan bog‘liq hisoblanadi va mazkur holat o‘ylab
          ko‘rish uchun arzirli katta muammo hisoblanadi. Maxsus adabiyotlarda
          murakkab vaziyatlar da iqtidorli xodimlarni maqsadli yo‘naltirish va
          ularni samarali boshqarish borasida ko‘plab taklif va tavsiyalar berilgan.
          Kompaniyalarda hamma jarayon va yumushlarni iqtidorli xodimlar

          zimmasiga yuklab qo‘yish, kelgusida kompaniya uchun salbiy holatlarni
          keltirib chiqarishi tabiiydir. O‘ziga xos “yulduzlik” kasaliga chalingan
          xodimlar istiqbolda kompaniya ishining oldinga siljishiga to‘sqinlik
          qiladi. Shu sababli ham, kompaniyalarda “ustoz-shogird” tizimini yo‘l-
          ga qo‘yish, xodimlar ni doimiy o‘qitish va malakasini oshirib borish
          kom paniya muvaffaqiyatini belgilab beruv chi muhim omillardan biri
          sanaladi.
            Investorning jamoani baholash xususiyatlarini tushunib etganligi
          innovatsion loyiha jamoasini shakllantirishning muhim jihati

          hisoblanadi.  Ushbu  holatni  yaxshi  tushunib  olish  uchun  biznes-
          rejalashtirish bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va biznes-reja tuzish bo‘yicha
          amaliy qo‘llanmalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
            Innovatsion biznesni rivojlantirish borasida inson omili bilan
          bog‘liq  bo‘lgan  bir  qator  xavf-xatarlar  mavjud  bo‘lib,  mazkur
          xavf-xatarlar  darajasini  pasaytirishning  iqtisodiy  vositalari  va
          qonunchilikda  ko‘zda  tutilgan  tartib-qoidalari  mavjuddir.  Shuni

          alohida  taʼkidlashimiz  lozimki,  barcha  muammoli  vaziyatlardan
          qutulib chiqib ketishga imkon beruvchi “baxt darmondorisi” amalda
          mavjud emas. Murakkab vaziyatlarda qay yo‘sinda ish ko‘rish, bu
          albatta innovatsion jamoa yetakchisiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
            Shu tariqa, mazkur bo‘limda jamoani shakllantirish, jamoa aʼzola-
          rini saralab olish, ularni rivojlantirish va motivatsiya qilish masalalari
          qarab chiqildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
            Motivatsiya – bu o‘zini va boshqalarni shaxsiy va tashkilot maq-
          sadlariga erishishga undash jarayonidir. Motivatsiyalash muassasadagi

          xodimlarni ehtiyoj va maqsadlarini qondirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
          Motivatsiyalash xodimning o‘z ishi natijasidan manfaatdorligiga va
          ish joyida shaxsiy ehtiyojlarini qondirishiga bog‘liq bo‘ladi. Jamoa ni
          shakllantirish va uni rivojlantirishda jamoaning maqsadi bilan xodim

                                               373
   369   370   371   372   373   374   375   376   377   378   379