Page 372 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 372
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
“Muzokara olib boruvchilar” uchun o‘zaro musobaqalashish,
raqobatga kirishish va ijtimoiy mavqe borasidagi farqlar muhim
omil hisoblanadi. “Ijrochi-menejerlar” uchun yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
teskari aloqa, dolzarb va strategik vazifalar, qabul qilish jarayonida
faol ishtirok etish muhim motivlar hisoblanadi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, yuqori texnologiyali kompaniya-
larda faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy, ijodiy xodimlarni motivlashda ularga
egiluvchan (ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda) ish jadvalini
taqdim etish favqulodda muhim hisoblanadi. Chunki ilmiy va ijodiy
xodimlar ko‘pincha qatʼiy tartib yoki belgilangan jadval asosida
ishlashni xushlamaydilar.
Egiluvchan ish jadvali rahbarga jamoa aʼzolarini ish joyida
bo‘lishlariga qarab emas, balki ularning o‘z zimmalariga olgan
majburiyatlarini qay darajada bajarayotganliklari va natijaga
erishayotganliklari bo‘yicha nazorat qilish imkonini beradi. Ushbu
holatda rahbarda muayyan bir vazifani sifatli bajarish va kerakli
natijalarga erishish uchun taxminan qancha vaqt ketishi borasida
oldindan maʼlum bir tasavvur bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamoani doimiy ravishda rivojlantirib borish va o‘qitish jamoa
yetakchisining alohida muhim vazifasi hisoblanadi, ko‘pchilik
holatlarda ayni mana shu omil yuqori texnologiyali biznesning
raqobatdoshligini belgilab beradi. Hi-tech kompaniyalar uchun
jamoa ish yurituv chi atmosfera, doimiy rivojlanib boruvchi muhit
alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday kompaniyalar uchun insonlarni
o‘z ustida doimiy ishlashga va rivojlantirishga undovchi muhitni
yaratishni ko‘zda tutuvchi knowledge-management zaruriy vosita
hisoblanadi . Bunday muhitni yaratish eng avvalo, yetakchining
42
shaxsiy namuna bo‘lishiga, o‘qish va o‘qitish jarayonida olingan
bilimlarni jamoaning boshqa aʼzolariga ulashish, doimiy tarzda yangi
bilimlarni rasmiy yoki no rasmiy ko‘rinishda muhokama qilib borishga
zamin yaratib beradi.
Mehnat bozoridagi murakkab vaziyat bois, jamoaning faol
aʼzolarini va kompaniyaning buguni va istiqboli uchun zarur bo‘lgan
42 http://www.mainjob.ru/publications/?view=919&iz-pisma=1 [murojat vaqti 10.06.2022 y.
371