Page 369 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 369
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Jamoaning turli ishtirokchilarining maqsad va motivlarining o‘ziga
xosliklarini tushunib etish innovatsion loyihalarni amalga oshirishda
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish imkonini
beradi. Bunda quyidagi tavsiyalarga amal qilish tavsiya etiladi:
1) kompaniyani tashkil etishning dastlabki bosqichidayoq, barcha
hammuassislar oldinda turgan faoliyatning mohiyatini birdek anglab
yetishlari lozim;
2) amaliy faoliyatga o‘tishdan oldin kompaniyada kim nimaga
javob berishini aniqlashtirib olish, maqsadlarni oydinlashtirish va
shundan kelib chiqqan holda loyiha ishtirokchilarini saralab olish;
3) loyihani amalga oshirish jarayonlarini cho‘zmaslik talab etiladi,
zero bunday jarayonlarning cho‘zib yuborilishi loyihani amalga oshi-
rishga kirishmasdan turib, loyiha ishtirokchilari o‘rtasida maʼlum bir
tushunmovchilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin;
4) innovatsiya muallifi investor va innovatsion menejerning tav-
siyalarini inobatga olishi va o‘z ishlanmalarini hamkorlar bilan
bo‘lishishdan cho‘chimasligi lozim;
5) menejer loyihani amalga oshirish chog‘ida vujudga keluvchi u
yoki bu murakkab vaziyatni baholashda jamoa aʼzolariga maslahat
berishi va yordam ko‘rsatishi lozim bo‘lgani holda loyihaning
monitoringi butun jamoa tomonidan amalga oshirilmog‘i kerak.
Bunda loyiha monitoringi loyihaning muvaffaqiyatli amalga
oshirilishiga ko‘maklashishi lozim;
6) investor jamoadan uzoqlashmagan holda jamoada o‘zining
o‘rnini topishi zarur, bunda investor jamoa aʼzolariga o‘z hukmini
o‘tkazishga harakat qilmasligi kerak.
Insonlarni jamoaga jalb qilishning yana bir muhim tamoyillaridan
biri – bu jamoa aʼzolari qadriyatlarining bir-biriga zid kelmasligi va
jamoada ishlashdan kutilmalar bilan real imkoniyatlarning o‘zaro
mos tushishi hisoblanadi. Mazkur tamoyilga amal qilish murak-
kab vaziyatlarda loyihaning yashovchanligini taʼmin etadi. Shu
bilan bir qatorda, umumiy maqsadlarning taqsimlanishi sharoitida
turli qo‘shimcha (bir-birini to‘ldiruvchi) jamoaviy rollar va kasbiy
kompetentliklarning mavjud bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb
368