Page 364 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 364

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan doimiy menejment personalini
          tashkil  etish  bunday  inqirozning  oldini  olishning  samarali  usul  va
          vositasi bo‘lib hisoblanadi. To‘liq shakllangan biznes-jarayonlarga
          ega bo‘lgan va o‘ziga xos tuzilmasiga ega bo‘lgan kompaniyalarda
          boshqaruv birligi sifatida jamoa ishlarni loyiha asosida tashkil etish
          borasida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur  holatda  ko‘pincha

          loyihalarni boshqarish nazariyasi va amaliyotiga murojaat qilinadi.
          Biznes doimiy tuzilmaga ega bo‘lib borgani sari jamoa, personalning
          faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan umumiy rag‘bati obyektiv tarzda
          pasayib boradi, bu esa boshqaruv darajasi va sifatini (shu jumladan
          personalni rag‘batlantirishni boshqarish tizimini) yaxshilash evaziga
          qoplanishi lozim.
            Innovatsion loyiha dinamikasiga bog‘liq bo‘lgan jamoa dinamikasi
          bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlardan kelib chiqqan holda
          jamoada yuz beruvchi dinamik jarayonlarni ham eʼtiborga olish talab
          etiladi. Bugungi kunda jamoada shaxslararo munosabatlarning rivoj-

          lanish dinamikasini yoritishga xizmat qiluvchi ko‘plab modellar mavjud.
          Loyihaning  samarali  chiqishini  istar  ekanmiz,  biz  loyiha  umumiy
          dinamikasining  quyi  to‘plami  sifatida  shaxslararo  munosabatlarni
          eʼtibordan chetda qoldirmasligimiz lozim, chunki jamoadagi shaxs-
          lararo  munosabatlarning  tavsifi,  o‘yin  ishtirokchilarining  bir-birla-
          riga bo‘lgan ishonchi ko‘p jihatdan loyiha jamoasining samaradorligi-
          ni belgilab beradi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarning jipsligi,
          o‘zaro hurmat va qadriyatlar asosiga qurilganligi, o‘yinchilarning o‘zaro

          ishonchining  yuqoriligi  jamoani  rivojlanishning  keyingi  bosqichiga
          o‘tishiga imkon bergani holda, innovatsion loyihani yakuniy maq-
          sad sari tobora yaqinlashtiradi. Aks holda loyihaning amalga oshishi
          shubha ostida qolishi tayin bo‘lib qoladi. Jamoada guruhlar rivojla-
          nishining bir nechta dinamik modellarini qarab chiqamiz.
            Tadqiqotchilar (B.V. Takmen, J. Kattenbax, D.Smit, J.V. Nyustor,
          K.  Devis  va A.M.  Karyakin)  guruhning  jamoaga  aylanishida  beshta
          asosiy bosqichni ajratib ko‘rsatadilar: tanishish, qaynoq munosabatlar,
          meʼyorlarning qaror topishi, ish yuritish, o‘zgarish.     41

          41   Практическое  пособие  для  бакалавров  к  семинарским  и  самостоятельным  занятиям  по  курсу
          «Экономика инноваций»/ под. ред. Ивашенко Н.П. (учебно-методическая разработка).-М.:ТЕИС, 2011
                                               363
   359   360   361   362   363   364   365   366   367   368   369