Page 362 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 362
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
qabul qiluvchi potensial va yuqori samarali jamoalar o‘rtasidagi
guruhli faollikning oraliq holati hisoblanadi, ammo bu o‘rinda
sinergiya samarasi to‘lig‘icha namoyon bo‘lmaydi.
Yuqori samarali jamoa – bu aʼzolari javobgarlikning yuqori daraja-
sini o‘z zimmasiga olgan va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida
o‘zaro javobgarlikni to‘lig‘icha his qilgan real jamoadir. Bu o‘rinda
sinergiya samarasi namoyon bo‘ladi, aynan mana shu samara tufayli
jamoa atrofdagilarning kutilishlaridan ham yaxshiroq bo‘lgan
natijalarga erishadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tasniflashlar bilan bir qatorda tadqiqotchi-
lar tomonidan boshqaruv va loyihalashtiruvchi jamoalar, dolzarb
muammolarni hal etish uchun tashkil etilgan jamoalar, avtonom,
loyi ha, tezkor, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, sifatni yaxshilashga
yo‘naltirilgan jamoalar, menejerlik jamoalari, mustaqil ijodiy guruhlar
va shu kabilar ajratib ko‘rsatiladi. Jamoalarni tasniflash borasidagi
bunday xilma-xillik jamoaning tavsiflari va xususiyatlarini turlicha
talqin qilinishiga olib keladi. A.Karyakin jamoalarni tiplarga ajratish
jarayonlarini tartibga solish borasida quyidagi mezonlarga tayanib
ish ko‘rishni tavsiya qiladi:
1) Tashkilotning jamoaga kiruvchi xodimlarining toifasi;
2) Jamoa tomonidan amalga oshiriluvchi maqsad va vazifalar;
3) Jamoaning faoliyat ko‘rsatish davomiyligi;
4) Jamoani boshqarish tavsifi;
5) Jamoada ishni tashkil etish borasidagi munosabatlar shakli;
6) Jamoaning maqsadga erishish usullari.
Tadqiqotchilar jamoa amalda jamoalarning turli tipiga mansub
bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida mujassam etishi mumkinligini, to‘ li-
g‘icha shakllangan mezonlar esa jamoani savodli tarzda loyihalash-
tirishga imkon berishini taʼkidlaydilar.
Shunday qilib, mazkur bo‘limda jamoalarning bir nechta tiplari
(intellektual va ishlab chiqarish jamoalari, intakt va krossfunksional
jamoalar va boshqalar) tahlil etildi, zero ular to‘g‘risida tushunchaga
ega bo‘lish innovatsion loyiha jamoasidagi dinamik jarayonlarni
atroflicha anglab yetish imkonini beradi.
361