Page 358 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 358

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          umumiy  maʼlumotlar  va  g‘oyalar  talab  etiladi.  Faqatgina  uchinchi
          tipdagi  vazifalarni  bajarish  uchun  jamoada  ishlashning  yetarlicha
          ko‘nikmalari talab etiladi.
            Samarali jamoani shakllantirish – jamoa yetakchisi va uning aʼzo-
          lari uchun yetarlicha mehnat va energiya sig‘imi yuqori, uzoq muddat

          talab etuvchi jarayon hisoblanadi. Shu bois, bugungi kunda jamoada
          ishlash va jamoani shakllantirish ko‘pchilik holatlarda shiorga ayla-
          nayotgan bir paytda, samarali jamoani shakllantirishda kompaniya va
          jamoa oldida turgan vazifalarning xususiyatlarini aniqlashtirishimiz,
          taʼsir  etuvchi  tashqi  va  ichki  muhit  omillarini  to‘laqonli  ravishda
          hisobga olishimiz talab etiladi.
            Rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lgan, xususan fan sig‘imli
          biznes faoliyatini yangidan yo‘lga qo‘yishda ko‘pincha ishni jamoaviy
          yondashuv tipi asosida tashkil etish talab etiladi, chunki ular faoliyat

          ko‘rsatuvchi  vaziyat  va  shart-sharoitlarni  bemalol  mavhumlik  va
          ta vakkalchilik  darajasi  yuqori  bo‘lgan  shart-sharoit  va  vaziyatlar
          sifatida baholashimiz mumkin.
            Shu  tariqa,  mazkur  bo‘limda  quyidagi  savollarni  qisqacha  ko‘rib
          chiqdik:
            1)   ilmiy-tadqiqot  va  tijoratga  yo‘naltirilgan  faoliyat  turlarining
          o‘ziga xosliklari va turli kasb va mutaxassisliklarga ega bo‘lgan

          xodimlarni boshqarishda yuzaga keluvchi ziddiyatlar aniqlashtirildi.
          Turli-tuman va bir-birini to‘ldiruvchi kompetensiyalar innovatsion
          loyihalarni yaratish va rivojlantirishda zarur ekanligiga oydinlik
          kiritildi;
            2)  “jamoa” tushunchasiga turli taʼriflar keltirib o‘tilgani holda, un-
          ga bugungi kun nuqtai nazaridan to‘g‘ri va yaxlit bo‘lgan taʼrif berildi;
            3)     Anʼanaviy  ierarxik  menejment  bilan  jamoaviy  menejment
          o‘zaro taqqoslanib, jamoa ishini jamoa tipi bo‘yicha tashkil etishning
          ijobiy va salbiy jihatlari aniqlashtirildi;

            4)   Zaruriy  kompetensiyalarga  ega  bo‘lgan  innovatsion  start-up
          jamoasini shakllantirishda jamoadagi rollarning o‘rni va ahamiyat
          ochib berildi;
            5)  Jamoa  tipi  bo‘yicha  jamoa  ishini  tashkil  etish  uchun  zarur

                                               357
   353   354   355   356   357   358   359   360   361   362   363