Page 356 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 356
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Belbin jamoadagi rollarning sakkiztasini ajratib ko‘rsatadi va batafsil
tushuntirib beradi, keyinchalik bu rollar qatoriga to‘qqizinchisi ham
qo‘shiladi . Guruhlarning rollar bo‘yicha rang-barangligi o‘z mohiya-
40
tiga ko‘ra, jamoani shakllantirish borasida rolli yondashuvga tayanib
ish ko‘ruvchi ilg‘or jamoalarda uchraydigan jamoadagi rollarning 4
ta yirik guruhi: lider, intellektual-tahlilchi (kreator), menejer-ijrochi,
muzokara olib boruvchilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Turli jamoaviy
rollarning imkoniyatlarini va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish barcha
zaruriy kompetensiyalarni qamrab olish nuqtai nazaridan innovatsion
start-up jamoasini to‘g‘ri shakllantirish imkonini beradi (9.4-jadval).
9.3-jadval
Anʼanaviy menejment va jamoa menejmenti
Anʼanaviy menejment Jamoa menejmenti
Maqsadlar aniq va to‘g‘ri qo‘yilgan. Maqsadlar noaniq va murakkab tarkibga
Ular nisbatan sodda bo‘lib, mazkur egaligi bilan farqlanadi, maqsadlar mu-
maqsadlarni rahbar belgilab beradi ho kamalar natijasida vujudga keladi va
va ijrosini nazorat qiladi. ja moa aʼzolari tomonidan o‘z shaxsiy
maq sadlari sifatida qabul qilinadi.
Maqsadlarga erishish borasidagi ja- Umumiy maqsadlarga erishish borasidagi
vob garlik rahbar zimmasiga yukla- javobgarlik har bir aʼzoga yuklatiladi va
tiladi. har bir aʼzo tomonidan qabul qilinadi.
Ish uchastkalari va ular bo‘yicha ja- Ixtisoslashuv umumiy natija uchun ja-
vobgarlikning qatʼiy biriktirib qo‘ yi- vob garlik.
lishi.
Rasmiy munosabatlar, ierarxiya. Norasmiy munosabatlar, “yassi” tuzilma.
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Joʼrayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Jamoani shakllantirish borasida yuqorida tilga olib o‘tilgan o‘ziga
xos belgilar, ishni tashkil etishning alohida tamoyillarini chuqur
tahlil qilgan holda, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, unga
ko‘ra jamoa ishini jamoaviy yondashuv asosida tashkil etish maʼlum
bir shart-sharoitlar mavjud bo‘lgandagina o‘zini oqlashi mumkin
40 Qarang: Практическое пособие для бакалавров к семинарским и самостоятельным занятиям по курсу
«Экономика инноваций»/ под. ред. Иващенко Н.П. (учебно-методическая разработка).- М.:ТЕИС,2011.
355