Page 351 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 351

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             quyidagicha taʼriflaydilar: “Jamoa – bu maʼlum bir aniq natijaga eri-
             shish borasida javobgarlik va jarayonni amalga oshirish bilan bog‘liq
             bo‘lgan  operatsiyalarni  o‘zaro  taqsimlovchi  shaxslar  guruhidir.
             Jamoa  aʼzolari  ish  faoliyatida  o‘zaro  bog‘liq  hisoblanadilar,  yaʼni
             ular qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida jamoaning boshqa

             aʼzolarining mehnatiga ehtiyoj sezadilar”.
                Agar jamoa destruktiv nizolardan holi bo‘lsa, mazkur jamoada o‘ziga
             xos yakdillik ruhi, xodimlarning yuqori motivatsiyasi va konstruktiv
             faolligi  sezilib  turadi.  Rahbar  qo‘l  ostidagi  xodimlarning  layoqati  va
             imkoniyatlariga  alohida  eʼtibor  qaratgani  holda,  jarayonda  ishtirok
             etayotgan har bir xodimning kuchli tomonlarini ro‘yobga chiqarishga
             harakat  qiladi.  Bu  holatda  allaqachon  shakllangan  jamoa  yohud  faol
             tarzda shakllanayotgan jamoa to‘g‘risida gapirishimiz mumkin bo‘ ladi .
                                                                                          35
                M. Amstrong jamoaga quyidagicha taʼrif beradi: “Jamoa – bu bir-

             birini  to‘ldiruvchi  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lgan  kam  sonli  insonlar
             guruhi bo‘lib, bunda insonlar o‘zaro javobgarlikni qo‘llab-quvvatlash
             va maʼlum bir yondashuvlarga tayangan holda, unumdorlikni oshirish
             maqsadida vazifalarni birgalikda hal etish borasida birlashadilar” .
                                                                                        36
                O‘z-o‘zini  yo‘naltiruvchi  ishchi  jamoa –  bu  ishning  tugallanmagan
             qismini bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha bilim, ko‘nikma, vakolat va
             majburiyatlarga ega bo‘lgan insonlar guruhidir. Jamoa ishni rejalashtiradi

             va bajaradi, nazorat va boshqaruvning ko‘pgina funksiya larini amalga
             oshiradi. Muammoni aniqlashtirish, tahlil qilish va hal qilish borasida
             jamoa  aʼzolari  doimiy  ravishda  (har  haftada  bir  marta  yoki  kunora)
             uchrashib  turadilar.  Ular  ishchi  grafiklarni  tuzadilar,  maqsadlarni
             belgilab  oladilar,  jamoa  tarkibini  shakllantiradilar,  isteʼmolchilar,
             taʼminotchilar va boshqa bo‘limlar bilan ishlarni muvofiqlashtiradilar.
             Ilgarilama tavsifga ega bo‘lgan taʼlim jarayoni o‘z-o‘zini yo‘naltiruvchi
             ishchi jamoa faoliyatining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi.     37
                Jamoani aniqlashtirish borasida yuqorida keltirib o‘tilgan taʼriflardan

             kelib  chiqqan  holda,  jamoaga  quyidagicha  taʼrif  berish  o‘rinli,  deb

             35  Зинкевич-Евстигнеева Т.Д.,Фролов Д.Ф., Грабенко Т.М. Теория и практика командообразования. Совре-
             менная технология создания команд/ под. Ред. Т.Д.Зинкевич-Евстигнеевой- СПб.: Речь,2004.
             36  Карякин А.М. Командная работа. Основы теории и практики. Иван. гос. энерг. ун-т.-Иваново,2003.
             37  Зинкевич-Евстигнеева Т.Д.,Фролов Д.Ф., Грабенко Т.М. Теория и практика командообразования. Совре-
             менная технология создания команд/ под. Ред. Т.Д.Зинкевич-Евстигнеевой- СПб.: Речь,2004.
                                                  350
   346   347   348   349   350   351   352   353   354   355   356