Page 350 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 350
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
berayotgan o‘zgarish larni kuzatib borishi, korxona oldida turgan
maqsadlar va kun tartibidagi dolzarb vazifalardan kelib chiqqan
holda boshqaruv tizimini o‘zgartirishi talab etiladi.
Bunday ziddiyatlarni hal qilishning usullaridan biri, mantiqan o‘y-
lab ko‘rilsa, mehnatni ijtimoiy-ruhiy jihatdan tashkil etishdir. Meh-
natni ijtimoiy-ruhiy jihatdan tashkil etish, o‘z navbatida, jamoada
ijodiy muhit yaratishni, xodimlarning birgalikdagi faoliyatini
yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi. Jamoaviy faoliyatning bunday tipi
jarayonning har bir ishtirokchisi yangi mahsulot (g‘oya, texnologiya)
larni yaratishda birdek teng huquqli bo‘lgan, ishtirokchilarning bu
borada qo‘shgan ulushlari (izlari)ni alohida ajratib olish mumkin
bo‘lmagan fan va sanʼat sohasidagi faoliyat uchun xosdir. Birgalikdagi
ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishning asosiy sharti xatoga yo‘l qo‘yish va
ularni to‘g‘rilashni tan oluvchi va jamiyat tomonidan inkor qilinishiga
va obro‘-eʼtiborning yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaydigan jamoada bir-
birini qo‘llab-quvvatlovchi xavfsiz muhitni yaratishdan iborat.
Biroq, beg‘araz hamkorlik, egiluvchanlik va “jamoaviy ruh” maq-
sadni amalga oshirish borasida duch kelinuvchi dastlabki jiddiy
qiyinchiliklargacha yoki umumiy muvaffaqiyatga erishishda har bir
ishtirokchining qo‘shgan hissasi va o‘rnidan kelib chiqqan holda
ishlab topilgan pullarni taqsimlashgacha mavjud bo‘lishini har
qanday tadbirkor yaxshi biladi. Inson tabiatiga xos bo‘lgan o‘zaro
tabiiy raqobat va jamoaviy ishlash zaruriyati o‘rtasidagi ziddiyat
jamoa aʼzolari va yetakchisi tomonidan doimiy eʼtibor berilishini
talab etuvchi jamoani shakllantirishning tashkiliy masalalarini
yetarlicha murakkab ekanligini ko‘rsatadi.
Jamoa, jamoaviy faoliyat, jamoa menejmenti mavzulariga bag‘ishlangan
zamonaviy adabiyotlarda mazkur tushunchani aniqlashtirish borasida
turli-tuman taʼriflar keltiriladi. Mazkur taʼriflarning har biri yuqorida
tilga olib o‘tilgan tushunchalarning u yoki bu jihatlarini aks ettiradi.
Quyida ulardan bir nechtasini keltirib o‘tamiz.
Baʼzi bir mualliflar jamoani u yoki bu faoliyat yohud ishni amalga
oshirishda birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchi bir nechta insonlardan
iborat guruh, deb taʼriflasalar, yana bir guruh mualliflar jamoani
349