Page 345 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 345
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
tavsifdagi loyihani amalga oshirish muvaffaqiyati yaxshi
shakllantirilgan jamoaga bog‘liq hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan
holda, mavzu doirasida jamoani shakllantirish, jamoa tiplari, jamoaviy
ishni tashkil qilish tamoyillariga to‘xtab o‘tiladi.
O‘zbekiston IT-mutaxassislarini Yaponiyaga ishga
jo‘natishni rejalashtirmoqda
Yaponiya IT-kompaniyalari mamlakat bozoriga kirish imkoniyatlarini
ko‘rib chiqadi. 2024-yil 10-yanvar kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston
– Yaponiya biznes forumi mavzusi axborot texnologiyalari sohasida
hamkorlik qilish bo‘ldi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov
hamda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Ryosuke Kozuki
boshchiligidagi tadbirda 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi.
Forum sessiyalaridan biri yapon start-uplarining O‘zbekiston
iqtisodiyotini rivojlantirishdagi salohiyatiga qaratildi. Ishtirokchilar
yapon innovatsiyalari va texnologiyalarini mamlakatda joriy etish
sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkinligini qayd etishdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Yaponiya kompaniyalari delegatsi-
yasi bilan O‘zbekiston yoshlarini Yaponiya IT-universitetlarida o‘qi-
tish istiqbollarini muhokama qildi. Yosh mutaxassislarni maoshi yuqori
bo‘lgan ishlarga joylashtirish masalasiga ham to‘xtaldi.
Forum doirasida vazirlik “CAL Co., Ltd” kompaniyasi bilan O‘zbekis tonda
IT taʼlimni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni Yaponiyada IT sohasida ish
bilan taʼminlash yo‘nalishida anglashuv memorandumini imzoladi.
Yana bir kelishuv “Digital Knowledge Co., Ltd” kompaniyasi hamda
“Japan Digital University” universiteti bilan amalga oshirildi. Tomonlar
O‘zbekistonda generativ sunʼiy intellektdan foydalanib, Yaponiya
taʼlim texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishida hamkorlik qilishni
rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik markazi
bilan Raqamli hamkorlik aloqa qo‘mitasini tashkil etishga kelishildi. U
Yaponiya IT-kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi va
o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Forum yakunida jami 14 ta hujjat imzolandi. Hujjatlar taʼlim, IT
344