Page 349 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 349

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Tadbirkorlik,  ixtirochilik  va  innovatsiyalar  mavzusi  bilan
             shug‘ullanuvchi ko‘pchilik mualliflar bir tomondan innovatsiyalarga,
             ilmiy ishlanmalarga asoslangan biznesni ijodiy faoliyat deb tan olsalar,
             boshqa bir tomondan esa iqtisodiyotni innovatsion-modernizatsiyalash
             asosida     rivojlantirish   uchun      tashkiliy    tuzilmalarning      mos-

             lashuvchanligini  oshirish,  yetakchilik  xususiyatlarini  shakllantirish
             va o‘zaro hamkorlikda jamoaviy yondashuvga asoslanish lozim, deb
             hisoblaydilar. Biroq, tadbirkorlik, ixtirochilik faoliyati ijodiy tabiatga
             ega  ekanligi va ayniqsa innovatsiyalarni  tijoratlashtirish  borasidagi
             biznes-masalalarni hal etishda ijodiy yondashuvning zarurligi borasida
             bir to‘xtamga kelingan bo‘lsa-da, biznes maqsadlari va ijodiy, ilmiy
             va  ixtirochilik  faoliyatining  maqsadlari  va  tabiati  o‘rtasida  mutlaq
             tavsifga ega bo‘lgan ziddiyatlar mavjudligi ko‘p holatlarda eʼtibordan
             chetda qoldirib kelinmoqda.

                Har  qanday  ijodiy  akt,  izlanish,  tadqiqotchilik  faoliyati  tizimni
             rivojlantirish va kengaytirishga, maqsadga erishish yo‘llarini
             ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Bu holatda har qanday biznesmen,
             tadbirkor samarali biznes – birinchi navbatda, biznes jarayonlarini
             arzonlash tirish, takomillashtirish va doimiy standartlashtirish
             hisobiga  taʼmin  etiluvchi  xarajatlarni  doimiy  pasaytirib  borish
             asnosida  eng  yuqori  foydaga  ega  bo‘lish  ekanligini  yaxshi  anglab

             etadi. Bu erda  biznesning muayyan rentabellik darajasini saqlab
             qolgan holda, ijodkorlik va innovatsion faoliyatni qay tarzda doimiy
             yangilanib borishini taʼminlash borasida amaliyotda hanuz o‘zining
             yakuniy yechimiga ega bo‘lmagan ziddiyatga duch kelamiz.
                Boshqa  bir  tomondan  esa,  fan  sig‘imli  biznes  ijod  va  biznes
             o‘rtasidagi ziddiyatni osongina hal etish mumkin bo‘lgan o‘ziga
             xos  soha  hisoblanadi.  Chunonchi  bu  erda  ijodkorlik,  ixtirochilik
             mehnatining  natijalari  biznesning  raqobatdoshligini belgilab
             beruvchi murakkab tizimni boshqarish va mavjud variantlar orasidan

             eng maqbulini tanlab olish imkonini bergani holda, biznesning
             asosini  tashkil  etadi.  Biroq  bunday  imkoniyatni  amalga  oshirish
             uchun  kompaniya  ishchi-xodimlari  jamoaviylik  tamoyili  asosida
             faoliyat ko‘rsatishlari, kompaniya menejmenti esa kompaniyada yuz

                                                  348
   344   345   346   347   348   349   350   351   352   353   354