Page 353 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 353

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Jamoaning har bir aʼzosi:
                •  jamoaning umumiy maqsadlari;
                •   o‘z vazifalarini va umumiy maqsad bilan o‘zaro bog‘liqlik tomon-
             lari. Jamoaning boshqa aʼzolarining vazifalarini;
                •  jamoada o‘z rolini va masʼuliyatini. Boshqa jamoa aʼzolarining

             roli va masʼuliyatini;
                •  o‘z ishi va jamoaning boshqa aʼzolarining ish natijalarini bilish.
             Natijalarni baholash mezonlarini;
                •  jamoa aʼzolarining shu insondan nimalarni kutishlarini bilishi;
                •    hamma  tomonidan  qabul  qilingan  qoidalar,  meʼyorlar,
             hamkorlikda ishlash standartlari;
                •  mukofotlash tizimini bilishi shart hisoblanadi.
                Jamoaning rivojlanishi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
                1.  Shakllanish;

                2.  To‘qnashuv va ziddiyatlar;
                3.  Normalarning shakllanishi;
                4.  Jamoada faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi.
                O‘zaro  ishonch,  oqilona  vazifalarning  qo‘yilishi,  xodimlardan
             to‘g‘ ri foydalanish, qarash va maqsadlarning uyg‘unligi, motivatsiya,
             namunali bo‘lish kabilar jamoa uchun eng muhim omillar hisoblanadi.
                O‘z navbatida jamoa aʼzolariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

                •  shaxsiy va xizmat doirasida hurmatga, obro‘ga ega bo‘lish;
                •  insonparvar bo‘lish;
                •  fikr va harakatlarda tez va to‘g‘ri qarorlar qabul qila olish;
                •  chidamli bo‘lish;
                •  uzoqni ko‘ra olish;
                •  to‘g‘ri qarorlar qabul qilish;
                •  tashabbuskor bo‘lish;
                •  emotsional holatlarni boshqara olish;
                •  rag‘batlantira olish;

                •  xatolarni tan olish;
                •  bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
                •  nizolashuvchi tomonlarni murosaga keltirish qobiliyati.
                Jamoa  faoliyatini  jamoa  tipi  asosida  tashkil  etish  bir  paytning

                                                  352
   348   349   350   351   352   353   354   355   356   357   358