Page 357 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 357
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bo‘lgan jamoa yetakchilari va uning har bir aʼzosidan barcha xatti-
harakatlarni va resurslarni birlashtirishni talab etadi.
Menejmentning yuqori bo‘g‘inlarida jamoani shakllantirish
borasida tadqiqot olib boruvchi britaniyalik mutaxassislar U. Kritchli
va D. Keysilar fikriga ko‘ra, jamoani shakllantirish zaruriyati
bajarilishi ko‘zda tutilgan vazifalardan kelib chiqib belgilanadi. Ular
vazifalar ning uch turini ajratib ko‘rsatishadi:
1) barcha uchun tushunarli bo‘lgan texnik tabiatga ega bo‘lgan
oddiy vazifalar;
2) mavhumlikning meʼyordagi darajasi bilan tavsiflanuvchi odatiy
vazifalar;
3) barcha manfaatdor tomonlar uchun qiziqarli bo‘lgan nisbatan
murakkab va mavhumlik darajasi yuqori bo‘lgan vazifalar.
9.4-jadval
Innovatsion start-updagi jamoaviy rollar va
kompetensiyalar Tijorat Tahliliy
Tadbirkorlik
Ixtirochilik
Kompetensiyalar/ jamoaviy rollar (mahsulot va xizmatlarni (mahsulotlar) olib boruvchi Intellektual-
(hujjatlar)
(sotuvlar)
ilgari surish va piar)
Muzokara
Intellektual-
Lider (yetakchi)
tahlilchi
kreator
Menejer-ijrochi
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Joʼrayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Ushbu mutaxassislarning fikricha, birinchi tipdagi vazifalarni
bajarish uchun insonlar uchun faqatgina bir qator ijtimoiy
ko‘nikmalar yetarli hisoblanadi va ularni klassik ierarxiya bo‘yicha
tashkil etilgan jamoalar va xodimlar osongina uddalaydilar. Ikkinchi
tipdagi vazifalarni bajarish uchun agar xodimlar muzokaralar olib
borish va faoliyatni muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lsalar,
bevosita hamkorlik qilish jarayonida olishlari mumkin bo‘lgan
356