Page 361 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 361
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Ishchi guruh – bu sinergetik samaraga zarurati bo‘lmagan yoki
jamoa sifatida shakllanish borasida imkoniyati mavjud bo‘lmagan
guruhdir. Jamoa aʼzolari axborot va tajriba almashish borasida o‘zaro
hamkorlik qiladilar. Bu holatda yagona maqsad va o‘zaro javobgarlik
bo‘lmaydi.
Psevdo jamoa – bu o‘zini jamoa deb atashi mumkin bo‘lgan guruh
bo‘lsada, amalda uning aʼzolari hamkorlikda faoliyat yuritishni
istashmaydi yohud birgalikda faoliyat ko‘rsatish samaradorligini
oshira olmaydilar. Bu o‘rinda salbiy sinergiya ustun bo‘ladi, yaʼni
yaxlit tarzdagi natija yakka holda faoliyat ko‘rsatuvchi qismlar
natijasidan kichik bo‘ladi.
9.6-jadval
Kross-funksional va intakt jamoalar
Tasniflash Kross-funksional Intakt
mezoni
Tarkibiga ko‘ra Turli xodimlar, kasblar Jamoa bitta bo‘linmaning
va bo‘linmalarning xodimlaridan tashkil topadi
vakillaridan iborat jamoa
shakllanadi
Maqsadlariga ko‘ra Bitta masalaga eʼtiborni Ish (jarayon)larning maʼlum
qaratish bir uchastkasi doirasida bir
nechta masala ustida ish
olib borish
Faoliyatni Maqsadlarga erishish Asosiy ishlab chiqarish
baholash jarayonini taʼminlash
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Potensial jamoa – bu birgalikdagi mehnat samaradorligini oshi-
rishga intiluvchi guruh hisoblanadi, biroq ularda umumiy natijaga
javobgarlik hissi yetishmaydi, umumiy maqsadlarni ko‘pincha anglab
yetmaydilar, jamoaviy intizomga qatʼiy bo‘ysunmaydilar.
Real jamoa – bu jamoadagi insonlar kompetentlik borasida bir-
birlarini to‘ldiruvchi, jamoa maqsadlari va javobgarligini to‘lig‘icha
360