Page 366 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 366
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Ko‘rib chiqilayotgan model alohida xodimlar, jamoa, menejment va
tashkilotning boshqaruvning umumiy tizimiga integratsiyalashuvini
taʼminlagani holda, yirik kompaniyalarning boshqaruvning qatʼiy
ierarxik tizimidan o‘zini-o‘zi yo‘naltiruvchi yuqori samarali jamoaga
o‘tishida qo‘l keladi.
Tashkilotning o‘zini-o‘zi yo‘naltiruvchi jamoa tomon rivojlanishini
ko‘zda tutuvchi yana bir dinamik jarayonni eʼtiborga olishimiz lozim.
Tadqiqotchilar jamoaviy ish yuritishning ikki darajasini ajra tib
ko‘rsatadilar.
Intakt Kross-
jamoa funksional
jamoa
Intakt
jamoa
Kross-
funksional
jamoa Kross-
funksional
Intakt jamoa
jamoa
9.1-rasm. Innovatsion start-up jamoadan korporatsiyagacha
Jamoa va tashkilotlarni shakllantirish va rivojlantirishning ko‘p
sonli dinamik modellari va ularni innovatsion biznesning rivojlanish
bosqichlari bilan muvofiqlashtirish zaruriyati bilan bog‘liq holda qu-
yidagi savol tug‘iladi. Xodimlar sonining ortib borishi va biznesning
qatʼiy tuzilmaga ega bo‘lib borishi (ierarxik boshqaruvning yo‘lga
qo‘yilishi, quyi, o‘rta va yuqori bo‘g‘in menejmentning tashkil etilishi),
tashkiliy tuzilmaning murakkablashib borishi asnosida jamoada
ishni qay tarzda yo‘lga qo‘yish mumkin? Fikrimizcha, ushbu ziddiyat,
yaʼni o‘sib borayotgan biznesda xodimlar sonining ortishi sharoitida
jamoadagi insonlar sonining cheklanishini – kompaniyaning har bir
ierarxik bosqichida, har bir bo‘linmada yuqori samarali va o‘zini-o‘zi
365