Page 365 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 365
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Taʼkidlab o‘tish lozimki, jamoa rivojlanishining yuqorida sanab
o‘tilgan barcha bosqichlari mehnat jamoalari rivojlanishining barcha
bosqichlari uchun ham birdek tegishli hisoblanadi. Bu jamoaga yangi
bir insonning kelib qo‘shilishi yoki undan biror-bir aʼzoning ketishi
bilan u o‘zining avvalgi bosqichiga qaytishini ko‘rsatadi. Ammo
ushbu ortga qaytish (regressiya) taʼsirining intensivligi jamoaning
jipsligi va faolligi, shuningdek, jamoaning eski va yangi aʼzolarining
o‘zaro munosabatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
D. Yankelovichning mehnat jamoasini beshta o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
bosqichlar asosida o‘zini-o‘zi yo‘naltiruvchi jamoaga aylantirishni
ko‘zda tutuvchi modeli bir muncha foydali hisoblanadi, bizning
fikrimizcha mazkur model o‘z faoliyatida funksional menejment bilan
bir qatorda loyiha menejmentidan keng foydalanuvchi yirik, ierarxik
jihatdan tuzilmaga ega bo‘lgan kompaniyalarda loyiha jamoasining
shakllanishini to‘laqonli tarzda aks ettiradi.
9.7-jadval
Jamoaviy ish darajalari
Jamoaviy ish darajasi Tasvirlanishi Biznesning rivojlanish
bosqichi
1. Yuqori samarali, Tarkiblashtirishga
o‘zini-o‘zi boshqaruvchi bo‘lgan ehtiyojgacha,
jamoa doimiy menejmentni
joriy etishgacha bo‘lgan
bosqich
2. Sermahsul jamoa Personal sonining o‘sishi,
majmui: biznesni tarkiblashtirish
Jamoaning ishga bo‘lgan va uni rasmiy yo‘l-
munosabati xulq-atvor yo‘riqlarga solishning
etaloni sifatida qaraladi kuchayishi asnosida
ishga bo‘lgan jamoaviy
munosabatni saqlab
qolish talab etiladi.
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Joʼrayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
364