Page 368 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 368

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Har bir ishtirokchining hamkorlikdagi biznesda o‘z maqsadlari va
          manfaatlari mavjud bo‘lib, ushbu maqsad va manfaatlar har doim ham
          mos tushavermaydi. Murakkab muzokaralar va ishtirokchilar ning bir-
          birlariga yon berishlari innovatsion biznes-loyiha muvaffaqiyatining
          garovi hisoblanadi.

            Jamoa ishtirokchilarining maqsad va motivlarini umumiy tarzda
          quyidagicha tasvirlashimiz mumkin (9.8-jadval).
            Muvaffaqiyatli  loyihalar  shunday  holatni  ifoda  etadiki,  unga
          ko‘ra tadbirkor, ixtirochi va investor yuqorida sanab o‘tilgan barcha
          o‘lchamlarga muvofiq bitta jamoaga birlashadi. Ushbu holatda loyi-
          haga jalb etilayotgan personal katta ehtimol bilan loyiha maqsadlari-
          ga erishish vositasida o‘z maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida fao liyat
          ko‘rsatadi.  Yuqorida  sanab  o‘tilgan  ishtirokchilar  yagona  jamoaga
          birlashmagan har qanday holatda yangi xodimlarning jalb etilishini

          talab etuvchi rivojlanishning har bir bosqichida “oqsay” boshlaydi va
          o‘zining samaradorligi va mahsuldorligini yo‘qotib boradi.


                                                                             9.8-jadval
                     Innovatsion loyiha jamoasining asosiy o‘yinchilari



             O‘yinchi                        Maqsad va manfaatlar
           (ishtirokchi)
            Tadbirkor    – O‘z biznesi va o‘z dunyosini yaratish va unga xo‘jayin bo‘lish.
                         – Foyda olish.
                         – Hokimiyat, taʼsir doirasi va eʼtirofga erishish.
             Ixtirochi   – Ilmiy muammoning yechimini topish, ilmiy qiziqishni qondirish.
                         –  Eng  yaxshi  ilmiy  yechimlarni  izlab  topish  jarayonida  bo‘lish,
                         yangi g‘oyalar yaratish va mavjudlarini tanqid qilish.
                         –  Ilmiy  davralarda  olim  va  mutaxassislarning  eʼtirofiga  sazovor
                         bo‘lish.
             Investor    – Qisqa muddatlarda katta foydaga ega bo‘lish.
                         – Tavakkalchilikdan zavq olish.
             Personal    – Barqarorlik, himoyalanganlik, asosiy inson ehtiyojlarini qondirish.


            Manba:  A.A.  Mamatov,  T.T.  Jo‘rayev,  A.N.  Erkayev  Innovatsion
          iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.

                                               367
   363   364   365   366   367   368   369   370   371   372   373