Page 363 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 363
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
9.3. Kompaniyaning rivojlanishi asnosida innovatsion
loyiha jamoasining dinamikasi
O‘z faoliyatini biznes g‘oyadan boshlagan har qanday kompaniya o‘z
rivojlanishida uzoq yo‘lni bosib o‘tadi. Xuddi shuningdek, kelgusida
zarur, qiziqarli va istiqbolli hisoblanganligi bois o‘z faoliyatini start-
up sifatida boshlagan jamoa ham o‘zgaradi, o‘z shaklini o‘zgartiradi,
qulay vaziyat va shart-sharoitlarning tarkib topishi va yetakchilarning
xatti-harakatlari evaziga rivojlanadi. Noqulay shart-sharoitlar
va vaziyatning vujudga kelishi holatida esa, jamoa tarqoqla nib,
oxir-oqibat yo‘qlikka yuz tutadi. Venchur tadbirkorlikni amalga
oshirishning zamonaviy amaliyotida innovatsion (fan sig‘imli) loyi-
halar bosib o‘tuvchi bosqichlarning maʼlum bir tiplarga ajratilishi
shakllanib ulgurdi. Innovatsion loyiha bosqichi bozor va unda ustun
mavqega ega bo‘lgan isteʼmolchi tipi bilan belgilanadi. Xususan,
konservator hech qachon texnologiyani sotib olmaydi, u faqat yaxlit
mahsulotni sotib oladi xolos. Shu sababli ham start-up bosqichida
bo‘lgan texnologiya yoki mahsulotni konservatorlik kayfiyatidagi
isteʼmolchiga taklif qilib bo‘lmaydi. Bozor va isteʼmolchilar umumiy
holatda kompaniya menejmenti va boshqaruv jamoasiga, boshqaruv
usul va vositalariga maʼlum bir talablarni ilgari suradi.
Shundan so‘ng, innovatsion loyihaning rivojlanish bosqichlari va
umumiy dinamikasiga mos tushishi lozim bo‘lgan jamoa dinamikasi-
ni aniqlashtirib olishimiz talab etiladi.
Yuqoridagi rasmni izohlar ekanmiz, bu borada quyidagilarni taʼ-
kid lab o‘tishimiz mumkin: qachonki jamoani shakllantiruvchi va
uni qo‘llab-quvvatlovchi muayyan bir yetakchi bo‘lgandagina, biz-
nesning ilk bosqichlarida boshqaruv birligi sifatida jamoa to‘g‘risida
gapirishimiz o‘rinli bo‘ladi. Biznesning rivojlanishi va o‘sishi yangi
insonlarni jalb etish zaruriyatini keltirib chiqaradi (ko‘pincha bu
jarayon ochiq mehnat bozorlaridan insonlarni jalb qilish orqali
amalga oshadi va u aksariyat hollarda start-up bosqichidan early stage
bosqichiga o‘tishga mos tushadi). Ushbu vaziyatda dastlabki shakl-
langan jamoa aʼzolarida boshqaruv inqirozining dastlabki ko‘rinishlari
paydo bo‘la boshlaydi. Biznes jarayonlarni va kompaniya tuzilmasini
362