Page 359 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 359
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bo‘lgan sharoitlar aniqlashtirilib, innovatsion start-up uchun jamoa-
ning zarurligi asoslab berildi.
9.2. Jamoa tiplari
Jamoalarning bir nechta tipologiyasini ko‘rib chiqamiz.
Tadqiqotchilar tomonidan jamoa ishini jamoa tipi bo‘yicha tashkil
etish o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan faoliyat yuritishning ikkita katta
sohasi – ishlab chiqarish va intellektual sohalari ajratib ko‘rsatiladi.
Intellektual jamoalarning mazkur tasnifi doirasida innovatsion
fan sig‘imli biznes-loyihalar jamoasi uchun quyidagi belgilar xosdir:
• Ijodiy insonlar,olimlar foizining yuqoriligi;
• Munosabatlarning yuqori darajada rasmiylashuvi;
• Yetakchi motiv sifatida ishga qiziqish omilining yuqoriligi,
insonlarga taʼsir ko‘rsatish rasmiy instrumentlarining mavjud
emasligi yoki yetarli darajada emasligi;
• Maqsadlarga erishish jarayoniga jamoaning kuchli emotsional
jihatdan jalb etilganligi va boshqalar.
Faoliyat sohalariga ko‘ra jamoalarni tiplarga ajratish bilan bir
qator da, jamoalarni tiplarga ajratish borasida boshqa asoslar ham
mavjud.
Shuningdek tadqiqotchilar tomonidan ishchi guruhlardan psevdo
jamoalar, potensial jamoalar orqali real va yuqori samarali jamoaga
aylanishining sinergetik samarasini belgilab beruvchi jamoalar
jipsligi va faolligining bir necha darajasi farqlanadi.
358