Page 367 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 367

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             yo‘naltiruvchi jamoani saqlab qolinishi va ishga jamoaviy yondashuv
             tamoyili asosida munosabatlarni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash
             asnosida kamaytirishimiz mumkin.
                Jamoa,  biznesning  rivojlanishi  jarayonida  bir  bosqich  ikkinchi
             bosqichga asta-sekinlik bilan o‘tib boradi. Navbatdagi bosqichning

             nechog‘lik samarali bo‘lishi kompaniya mulkdorlari va rahbarlari ning
             o‘z xulq-atvorlarini, maqsadlarini va o‘z navbatida esa boshqaruv
             usullari va tuzilmasini o‘zgartirishlariga bog‘liqdir.
                Yuqorida aytib o‘tilganlardan shuni anglab etishimiz lozimki,
             biz nes  rivojlanishining  bir  bosqichidan  ikkinchisiga,  o‘sishning  bir
             bosqichidan  ikkinchisiga  o‘tish  jamoadagi  maʼlum  bir  o‘zgarishlar
             bilan  sodir  bo‘ladi,  shu  sababli  ham  loyiha  yetakchisi  (yetakchilar
             guruhi)  mazkur  o‘zgarishlar  bilan  bog‘liq  qiyinchiliklarni  maqbul
             tarzda boshqara olishlari talab etiladi.

                Shunday qilib, mazkur bo‘limda jamoa tipi asosida ishni tashkil etishga
             yo‘naltirilgan kompaniyalarda jamoani tashkil etish, innovatsion start-
             uplarning barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyaga aylanishini aks
             ettiruvchi tamoyillar va modellar haqida so‘z yuritildi.


                      9.4. Innovatsion loyiha jamoasini shakllantirish,
                          jamoani ushlab qolish, rag‘batlantirish va
                                     rivojlantirish tamoyillari

                Jamoani  yaratish  va  rivojlantirish  jarayoni  kerakli  natijalarni
             taʼmin  etishi  uchun  insonlarni  jamoaga  saralab  olishda,  ularni
             rag‘batlantirish va jamoada ushlab qolishda maʼlum bir tamoyillarga
             amal qilish talab etiladi.
                Umumiy nuqtai nazardan olganda, odatda innovatsion loyiha
             jamoasining  tarkibi  va  tuzilmasida  maqsad  va  ehtiyojlari  turlicha
             bo‘lgan 4 asosiy ishtirokchi ishtirok qiladi:
                1)   tadbirkor ( biznes asoschisi);

                2)  ixtirochi (baʼzi bir holatlarda ixtirochi tadbirkor sifatida ham
             faoliyat ko‘rsatishi mumkin);
                3)   investor;
                4)   personal.

                                                  366
   362   363   364   365   366   367   368   369   370   371   372