Page 370 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 370
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
etadi. Jamoa ning umumiy maqsad va manfaatlariga to‘la mos keluvchi
insonlarni saralab olishda qo‘llaniluvchi yuqorida sanab o‘tilgan
tamo yillar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan reklama va nomzodlarni saralab
olishning shaffof tizimi amal qilgandagina, o‘z samarasini beradi.
Anʼana viy kompaniyalar bilan innovatsion kompaniyalar o‘rtasida
insonlarni (personalni) saralab olish borasida maʼlum bir tafovutlar
mavjud. Anʼanaviy kompaniyalar mehnat bozorida anchadan buyon
ish beruv chi sifatida faoliyat ko‘rsatayotganliklari bois ularda
muayyan ish beruvchining brendi va xodimlarni saralab olish bo‘yicha
yetarlicha tajribalar shakllangan bo‘ladi. O‘z faoliyatini endigina
boshlayotgan innovatsion kompaniyalarda esa, bunday brend
ham tajriba ham shakllanmaganligi bois, ular bu borada muayyan
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bugungi kunda innovatsion start-
up kompaniyalar ishtirokchilarni jalb qilish va ularni tanlab olishda
ijtimoiy tarmoq lar, forumlar va bloglardan keng foydalanadilar.
Nafaqat yuqori texnologiyali biznes, balki har qanday kompaniya
ham o‘z faoliyatining dastlabki bosqichlarida deyarli foyda ko‘rmaydi
yoki olinayotgan foyda miqdori ancha oz bo‘ladi. Shu sababli ham,
uzoq muddatli mukofotlash rejasi deb, ataluvchi bo‘lg‘usi foyda biz-
nes asoschilari va yollanma xodimlar birinchi to‘lqinini motivatsiya
qilishning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi.
Uzoq muddatli to‘lovlar, opsionlar, aksiyalar monetar
motivatsiyalash va ishning mazmuniga qiziqish uyg‘otish nomonetar
motivatsiyalash vositalari sifatida jamoa ishtirokchilarining
motivatsiyasini boshqarishning ko‘p sonli vositalari orasida
innovatsion start-up maqsadlariga to‘la mos tushuvchi vositalar
hisoblanadi.
369