Page 375 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 375

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             maqsadlarining bog‘liqligi taʼminlanishi lozim. Motivatsiya lashtirish
             jarayoni orqali insonlarning barcha ehtiyojlari – ijtimoiy, ruhiy, gi-
             giyenik, fiziologik, sotsial va boshqalar qondiriladi. Natijada xodimlar,
             ishchilarning o‘z ishiga bo‘lgan masʼuliyati, qiziqishi ortadi. Ularda
             o‘z ish joyiga nisbatan vujudga kelgan muhabbat bevosita jamoaning

             samaradorligini va ish natijaviyligini oshiradi.


                           9.5. Tarixiy yondashuv nuqtai nazaridan
                                         jamoani o‘rganish
                Bir qator mamlakatlar uchun jamoalar o‘zining zamonaviy talqi-
             nida  yetarlicha  chuqur  tarixiy  va  madaniy  ildizlarga  ega  ekanligi
             bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda qadimdan mavjud bo‘lgan
             hunarmandlar guzari va mahallalarini jamoaning ilk ko‘rinishi
             sifatida baholashimiz mumkin.

                Ishchilar  jamoasi  nazariyasi  va  amaliyotining  shakllanishiga  bir
             qator olimlar o‘tgan asrning 80-yillarida vujudga kelgan zamonaviy
             yapon menejmenti katta turtki bergan deb hisoblaydilar. Zamonaviy
             yapon menejmentining tarixiy ildizlari Edo davriga (1603  –
             1867-yillar) borib taqaladi. Masalan taxminan 1700-yillarda Mitsui
             oilasining tijorat tashkilotlaridan birida boshqaruvning yuqori
             bo‘g‘inida ommaviy qaror qabul qilish organi mavjud bo‘lib, u har oyda

             ikki marotaba yig‘ilib turgan. Menejment nazariyasi va amaliyotida
             to‘plangan boy tajriba, ishchi jamoalar nazariyasi doirasida ularning
             integratsiyasi bugungi kunda menejment nazariyasi va amaliyotida
             shakllangan yangi yo‘nalish  – inson resurslariga investitsiyalar
             to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Zero, bugungi kunda taraqqiy
             topgan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, inson va insoniy
             resurslar milliy boylikni yaratuvchi asosiy kuch hisoblanadi.


                               Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar

                Personalni boshqarish sohasida turli-tuman texnologiyalar
             mavjud bo‘lib, ular orasida keyingi paytlarda jamoani shakllantirish
             texnologiyasi tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Ushbu texnologiyadan
             foydalanish jamoani shakllantirishga yordam beradi, uning davomida

                                                  374
   370   371   372   373   374   375   376   377   378   379   380