Page 380 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 380
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Jamoani shakllantirish va rivojlantirish maʼlum bir davomiylikka
ega bo‘lgan jarayondir. Jamoa, qanchalik kuchli shaxslar va mutaxas-
sislardan tarkib topmasin, tezda yuqori samaradorlikka erisha olmaydi
va darhol ajoyib natijalarni taqdim eta olmaydi. Loyiha menejeri o‘z
qo‘l ostidagilarni sabr-toqat va izchillik bilan hamfikrlar jamoasiga
aylantirishi lozim. Loyiha jamoasi to‘liq ishlashini taʼminlash uchun
qanday mezonlarni qo‘llash mumkin? Quyida bir qator mezonlarni
ko‘rib chiqamiz:
• loyihaning maqsad va vazifalari insonlari yaqinlashtiradi va ular-
ni bir jamoaga birlashtiradi;
• shaxsiy va jamoaviy natijalar tan olingan sifat va aniqlikka ega
bo‘ladi;
• loyiha menejeri nafaqat rasmiy, balki norasmiy yetakchilik
xususiyatlariga ham egaligi bilan ajralib turadi;
• jamoada hurmat va ijobiy munosabat mavjud, nizolar konstruktiv
tabiatga ega bo‘lgani holda, ular tezda hal qilinadi;
• xatolar yuzaga kelsa-da, bunga fojia sifatida qaralmaydi,
xatolardan tegishli xulosalar chiqariladi va kelgusida bunday xatolar
takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
• jamoa loyiha mahsulotining isteʼmolchisi va buyurtmachisining
ehtiyojlarini qondirishga intiladi;
• muammolar yechimsiz qolmaydi va jamoaviy ko‘nikmalar maq-
bul yechimlarni topishga imkon beradi;
• jamoa aʼzolari masalalarni hal etishda yuqori unum va g‘ayrat
bilan yondashadilar.
AMALIY TOPSHIRIQLAR
Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Jamoa tushunchasiga taʼrif bering. Innovatsion loyiha
jamoasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Jamoada ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari nimada?
Anʼanaviy ierarxik menejment bilan jamoa menejmenti o‘rtasidagi
asosiy farqlovchi jihatlarni ko‘rsatib bering.
379