Page 376 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 376

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          jamoaviy ishlash ko‘nikmalari shakllanadi, korporativ va shaxsiy
          o‘zaro taʼsir uslublari qo‘llaniladi, har bir ishtirokchining salohiyati
          ochiladi va individuallik namoyon bo‘ladi. Yaqin vaqtgacha jamoani
          shakllantirish muammolari amaliyotchilardan ko‘ra, olim va muta-
          xassislarning tadqiqot muammosi hisoblanar edi. Ko‘pgina tashkilot-

          larni ishni jamoaviy tashkil qilish bir muncha jozibali hisoblangan
          bo‘lsada, ular bu narsani o‘z faoliyatlarida samarali qo‘llay olmadilar.
          Kuchli global raqobat va innovatsion texnologiyalarning paydo bo‘lishi
          davrida aynan ishni jamoaviy tashkil qilish aniq tashkiliy natijalarga
          erishishda  yetakchi  rol  o‘ynaydi,  tashkilotlarning  raqobatdosh
          ustunliklarini saqlashga hissa qo‘shadi va insonlarni murosaga
          keltirish va ularni maqsad sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb
          etadi.  Bugungi  kunda  hayot  faoliyatini  amalga  oshirish  muhi tida
          sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar surʼati tobora jadallashmoqda, bu o‘z

          navbatida bir qator jihatlarni hisobga olishni taqozo qiladi:
            –  samarali faoliyatni taʼminlashda o‘ziga xos fikrlaydigan kadrlarga
          bo‘lgan ehtiyojning ortishi;
            – omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi o‘zaro taʼsir aloqalari
          ko‘lamining kengayishi;
            –  omillarga xos bo‘lgan yangi jihatlarning kashf etilishi.
            Bularning  barchasi  tufayli  odatiy  vaziyatlar  sonining  qisqarishi,

          tom maʼnoda barcha faoliyat turlarida va noaniq va atipik vaziyatlar
          sonining ko‘payishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, tashkilotlar
          noaniq  texnologiyalar  asosida  faoliyat  yuritayotganliklari  bois,
          bugungi kunda tashkilotlar tobora noaniqlik sharoitida ishlashga
          majbur  bo‘lmoqdalar,  bundan  texnologiyalardan  foydalanish  har
          doim ham xodimlarga tushunarli bo‘lavermaydi, buning natijasi
          o‘laroq, tashkilotlar o‘z faoliyatlarida urinib ko‘rish va xatoliklarga
          yo‘l qo‘yish usuliga tayanadilar. Shu yo‘sinda, korxona rahbarlarida
          yangi resurslarni topish va yashirin imkoniyatlarni aniqlashga ehtiyoj

          va qiziqish ortib boradi:
            – noaniqlik va atipik sharoitda samarali ishlashga qodir bo‘lgan mu-
          taxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, bunda yuqoridan ko‘rsatmalarn i kutib
          ish ko‘ruvchilar o‘rniga vaziyatga qarab, mustaqil ravishda, yuqo ridan

                                               375
   371   372   373   374   375   376   377   378   379   380   381