Page 379 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 379
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Loyiha jamoasi ikkita asosiy funksiyani bajaradi. Birinchidan,
uning harakatlari loyihaning vazifasini hal qilishga qaratilgan: maʼ-
lumot izlash, yechimlarni ishlab chiqish, yakuniy muhokamalarda
qatnashish va boshqalar. Ikkinchidan, jamoa loyiha menejeri va
hamkorlarini qo‘llab-quvvatlaydi (bunda eng muhimi boshqalarni
tinglash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hisoblanadi).
Jamoaning samaradorligini hal qilingan vazifa natijasi, shu bilan bir
qatorda, jamoa va yetakchilikni yaratishga qaratilgan saʼy-harakatlar
yig‘indisi sifatida qarash lozim. Jamoaviy ish usullarining iqtisodiy
maqsadga muvofiqligi har doim ham ularni qo‘llashga imkon bermay-
di. Ammo loyiha vazifasining o‘ziga xos xususiyatlari jamoaviy fao-
liyatning muvaffaqiyati borasida o‘ziga xos afzalliklarni taʼmin etadi.
Loyiha guruhini shakllantirish va boshqarish ko‘p vaqt talab qila-
digan va qimmat turadigan faoliyatdir. Vaqt va pul jamoa aʼzolarini
rejalashtirish va tanlashga sarflanadi. Shakllangan guruhni jamoa
darajasiga qadar etkazish va shundan so‘nggina uni boshqarish mumkin
bo‘ladi, bu ham o‘z navbatida muayyan xarajatlarni talab qiladi.
Quyidagilar jamoaviy faoliyatning o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi:
• jamoa yordamida har qanday boshi berk va mushkul vaziyatlardan
chiqish bir muncha oson sanaladi;
• vazifa va rollar yanada oqilona taqsimlanadi, shaxslararo
ziddiyatlar kamayadi;
• psixologik afzalliklar vujudga keladi: do‘stlarning bir-birlarini
qo‘llab-quvvatlash, birgalikdagi yutuqlardan faxrlanish hissi,
jamoada tan olinish;
• maʼlumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana olish;
• jamoa aʼzolarining kamchilik va nuqsonlari jamoa yordamida
tezda bartaraf etiladi;
• jamoa aʼzolari qilingan xatolardan tezda saboq olishadi;
• jamoa tashqi tashabbus, g‘oyalar va yordamni osongina qayta
ishlashga va o‘zlashtirishga qodir, ularni umumiy ish foydasiga
aylantiradi;
• agar jamoa aʼzolaridan biri o‘zini ishonchsiz his qila boshlasa, u
tezda tuzatiladi va kompensatsiya qilinadi.
378