Page 382 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 382
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
kunda dunyoning to‘rt mamlakatida faoliyat yuritayotgan kompa-
niya 10 yilligini nishonlamoqda.
Ushbu 10 yil ichida “Alif” Markaziy Osiyoda ham, undan tashqarida
ham moliya sektori mutaxassislarining eʼtibori va ishonchini qozondi.
Shu bois 2021-yilda mintaqadagi eng yirik investitsiya turlaridan
birini o‘tkazish va kapital sifatida 8 million dollar va qarz sifatida 50
million dollar olish mumkin bo‘ldi. 2023-yil oxirida kompaniya 50
million dollarlik sukuk islom obligatsiyalarini chiqarish rejasini eʼlon
qildi. Olingan mablag‘lardan O‘zbekistondagi faoliyatni rivojlanti-
rish va kengaytirish uchun foydalanish rejalashtirilgan.
Kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omili mingdan ortiq yosh
va iqtidorli mutaxassislardir. Kompaniyaning qadriyatlari ularga har
tomonlama potensialni ochishga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan misoldan foydalangan holda innonavatsiya-
larni amalga oshirishda jamoaning o‘rnini tushuntirib bering?
3- topshiriq.
Quyidagi chizmada O‘zbekistonda yillar kesimida joriy qilingan
innovatsiyalar soni keltirilgan. Chizma maʼlumotlari va stat.
uz maʼlumotlaridan foydalangan holda, O‘zbekiston misolida
innovatsion faollikni tahlil qiling va xulosalar bering?
8294
2022 3792
4148
2020 4290
4689
2018 2558
2046
2016 1906
1819
2014 1465
1334
2012 699
842
2010 500
527
2008 683
0 1000 2000 3000 4000 5000 6000 7000 8000 9000
Joriy qilingan innovatsiyalar soni
4-topshiriq.
Mamlakat miqyosida innovatsion faollikni baholash uchun siz
381