Page 377 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 377
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ko‘rsatmalarni kutmasdan, yo‘lma-yo‘lakay qaror qabul qila oladigan
odamlarni izlab topish, aniqlash va tanlash talab eti ladi;
– noaniqlik sharoitida harakat qilish qobiliyatini shakllantiruvchi
va rivojlantiruvchi boshqaruv amaliyoti va texnikasini rivojlantirish
zarurati;
– yuqorida tilga olib o‘tilgan jihatlarga ega mutaxassislarni jamoa-
larga birlashtirish zarurati.
Nazariyotchi va amaliyotchilar tomonidan xatarlar va mavhumlik
sharoitida atipik tashkiliy vazifalar va faoliyatni hal qilishda
jamoalarning yuqori samaradorlikni namoyon etishi borasida juda
ko‘p amaliy materiallar to‘plangan. Bunda jamoalar tashabbus
ko‘rsatish, katalizatorlik, bilim almashish jarayonlarini tezlashtirish
va o‘z-o‘zini o‘rganuvchi tashkilotni yaratish unsuri sifatida harakat
qilishadi. Maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muayyan
vazifalarni hal etish borasida turli fan sohalari mutaxassislaridan
iborat vaqtinchalik va kichik hajmdagi ishchi guruhlarni shakllantirish
tashkilotlarga innovatsion loyihalar, yuqori murakkablikdagi vazifa-
lar, fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirishning yuqori tezligini
taʼminlash va bajarilgan ishlarni yuqori sifatiga erishish imkonini
beradi.
Jamoa tizim sifatida uni tavsiflovchi bir qator tamoyillarga ega
ekanligi bilan ajralib turadi:
• faollik – har bir ishtirokchi u yoki bu vazifani bajarishda, fao-
liyatga tegishli masalalarni muhokama qilishda faollik ko‘rsatadi.
• doimiylik – jamoa yig‘ilishining boshidan oxirigacha bir xil
darajada yuqori faollik ko‘rsatilishi lozim.
• o‘rinli tanqid va uni qabul qila bilish – bunda muayyan bir shaxs
emas, balki xulq-atvor yoki muloqot modeli tanqid qilinadi, qarashlar
albatta asoslanadi va shu yo‘sinda muammoni hal qilishning yanada
samarali usuli taklif qilinadi.
• o‘zaro tenglik va hurmat – har bir ishtirokchining fikri guruh
uchun bir xil darajada muhimdir.
• samimiylik – bunda jamoaning har bir aʼzosi o‘z fikrini erkin
ifoda etadi, o‘zgalar fikriga quloq tutiladi.
376