Page 373 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 373

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             xodimlarni jamoada ushlab qolish oson emas. Xodimlarning jamoada
             qolishni istamasliklarini yana ham qulay ish joyiga ega bo‘lish istagi,
             rahbar bilan kelisha olmaslik kabi ko‘plab omillar bilan bog‘lashimiz
             mumkin.
                Rahbar va unga bo‘ysinuvchi xodimlar, jamoa yetakchisi va jamoa

             aʼzolari, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda
             shunday holatlar mavjudki, mavjud holatlarni baholash bizga zarur
             xodimlarning jamoadan ketib qolish sabablarini tushunishga va
             ularning qarorlarini o‘zimiz tomonga o‘zgartirish borasida kerakli
             tadbirlarni ishlab chiqishga imkon beradi:
                –  xalq orasida odamlar korxonaga ishlash uchun keladilar, ammo
             rahbarlardan ketadilar, degan gap yuradi. Vaziyatni obyektiv baho-
             lash uchun jamoadagi boshqaruv usuli va tavsifini tahlil qilgan holda,
             mazkur vaziyatni inkor qilishimiz mumkin;

                –    xodim  avvaldan  o‘ziga  hozirgi  ishidan  ham  yaxshiroq  ish
             izlayotganligini jamoadan va rahbariyatdan sir tutmagan holda, oxir-
             oqibat o‘ziga maʼqul ish topgan bo‘lishi ham mumkin;
                –  xodimni mehnat haqidan boshqa hamma narsa qanoatlantirishi
             mumkin.  Ushbu  holatda  o‘zaro  manfaatli  va  ikkala  tomonni  ham
             qanoatlantiruvchi  variantlarni  izlab  topish  va  muhokama  qilish
             tavsiya etiladi;

                –  xodimni mehnat haqidan boshqa hech narsa qanoatlantirmaydi.
             Unga har qancha haq taklif qilmang, uning jamoada qolish ehtimoli
             juda ham past;
                –  xodimda ko‘zda tutilmagan muammolar paydo bo‘lishi, yoki
             bunday muammolar avvaldan mavjud bo‘lsada, rahbariyat endi xabar
             topgan bo‘lishi ham mumkin. Agar mazkur xodim kompaniya uchun
             kerak bo‘lsa, u holda xodimning muammosini yechishga ko‘mak la-
             shish va bu borada har bir tomonning majburiyatlarini alohida ke-
             lishib olish talab etiladi.

                Yuqorida keltirilgan ro‘yxat to‘liq bo‘lmasa-da, biz kompaniya
             uchun zarur bo‘lgan xodimlarning jamoadan ketib qolishlariga sabab
             bo‘luv chi  asosiy  holatlarni  sanab  o‘tdik.  Shuni  aytish  lozimki,  yax-
             shi xodimlar ning kompaniyadan ketib qolishi, kompaniyada ular-


                                                  372
   368   369   370   371   372   373   374   375   376   377   378