Page 352 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 352
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
hisoblaymiz: Jamoa – bu umumiy maqsad, vazifalar, ishga nisbatan
yagona yondashuv va alohida masʼuliyat doirasi bilan birlashgan, bir-
birlarini to‘ldirib turuvchi ko‘nikmalarga ega insonlar guruhidir.
Anʼanaviy ierarxik tuzilmaga ega bo‘lgan jamoalardan jamoaning
asosiy farqi jamoada sinergetik samaraning mavjudligidadir. Bunda
1+1>2 maqsadlarning qo‘yilishi, ularni muvofiqlashtirish va erishish
jarayonlariga jamoa aʼzolarining jalb qilinganligi, jamoadagi munosa-
batlarda emotsional tashkil etuvchisining ustun mavqega ega bo‘lishi
bilan izohlanadi. U yoki bu guruh yohud jamoaning alohida aʼzosi ning
individual xatti-harakatlariga nisbatan jamoaning samaradorligi
bir muncha yuqori bo‘ladi. Jamoaga rahbarlik maʼmuriy tartibda
belgilangan yetakchilik asosida emas,balki haqqoniy vaziyatdan
kelib chiqqan holda, bir muncha norasmiy tarzda amalga oshiriladi,
bunda jamoadagi yetakchilik jamoaning rivojlanish bosqichlari va
uning oldida turgan maqsadlardan kelib chiqqan holda, jamoaning
bir aʼzosidan boshqa bir aʼzosiga o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Piramida tamoyili asosida ishlovchi klassik ierarxik tashkiliy tizimda
rahbar qo‘l ostidagi xodimlarga topshiriq beradi va uning ijrosi ni
nazorat qiladi, yaʼni o‘z mohiyatiga ko‘ra muammoning qo‘yilishi,
u ning mazmuniga, pirovardida esa vazifalarning ijrosi bo‘yicha
masʼullik rahbarning zimmasiga yuklatiladi. Jamoada ishlash jarayo-
nida ja moaning barcha aʼzolari muammoni muhokama qilishda ish-
tirok qiladilar. Muammoning muhokamasidan so‘ng vazifalar belgilab
olinadi va vazifalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha ssenariy lar
ishlab chiqiladi. Shundan so‘nggina, javobgarlik hududlari (natijaga
erishish borasida kim nimaga javob berishi) aniqlashtirib olinadi,
vazifalarni amalga oshirish muddatlari va shartlari belgilab olinadi,
vazifalarning ijrosi taʼminlanadi. Jamoada ishning mana shu taxlit
yo‘lga qo‘yilishi asnosida jamoaning har bir aʼzosi muammoning asl
mohiyatini anglab etadi, muammoni muhokama qilishdan tortib, to
umumiy natijaga taʼsir qiluvchi jarayonlarda to‘liq ishtirok etadi. Bu
esa jamoa aʼzolarining jalb etilganlik va masʼullik darajalarini oshir-
gani holda, sinergiya samarasini keltirib chiqaradi.
351