Page 347 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 347
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
borasida tizimli islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi sharoitda,
biznesni tashkil etish borasidagi jamoaviy yondashuv, har
qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqori texnologiyali biznesda, ayniqsa uning ilk bosqichlarida
tadqiqotchilar tomonidan People chemistry (inson kimyosi) deb
ataluvchi tamoyil keng foydalaniladi. Mazkur tamoyilning mohiyati
shundan iborat-ki, u muloqot davomida rahbarlar va ijrochilar, biznes
asoschilari va yollanma personal o‘rtasida vujudga keluvchi bir-birla-
riga nisbatan simpatiya yoki antipatiyani tavsiflaydi. Bu o‘rinda shuni
inobatga olishimiz lozimki, ko‘pchilik yuqori texnologiyali kompa-
niyalarda natija (mahsulot) va maqsadlarga erishilishini taʼmin
etuv chi jamoaning asosiy qismi tabiiy-ilmiy fanlar, tadqiqotchilik,
muhandislik sohasi mutaxassislaridan tashkil topadi. Mazkur faoliyat
turi tijoratga yo‘naltirilgan faoliyat turlaridan maʼlum bir jihatlari
bilan farq qiladi (9.1-jadval).
346