Page 346 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 346

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          texnologiyalari, muqobil energetika va tibbiyot, geodeziya va kartografiyada
          kosmik texnologiyalardan foydalanish sohalarini qamrab olgan.
                              Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati


               9.1. Innovatsion start-up uchun jamoaning zaruriyati,
                                jamoaning taʼrifi va tarkibi

            Texnologik taraqqiyot va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy
          biznesda inson omili, loyiha ustida ishlayotgan jamoaning sifati, jamoa
          har bir aʼzosining umumiy ishga jalb qilinganligi, boshqaruv qarorlarini
          tezlik bilan qabul qila olish darajasi, o‘zgarishlarga oson mos lasha olish
          kabilar muhim o‘rin tutadi. Insonlar, korxonada ishlovchi xodimlar
          har qanday biznes-loyiha, ayniqsa ixtirochilik g‘oyala riga asoslangan
          biznes-loyihalarning samaradorligi va natijaviyligini belgilab
          beruvchi  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  omil  hisoblanadilar.

          Yalpi tarzda axborotlashtirish,  telekommunikatsiya tarmoq-
          larining keng rivojlanishi, raqobat kurashining tobora shiddatli tus
          olishi, muhitning noaniqligi, texnologiyalarning tezkor o‘zgarishi,
          globallashuv  jarayonlarining  chuqurlashuvi  kabilar  bilan  tavsifla-
          nuvchi  bugungi  kun  muammolariga  bilan  boshqaruv ning  klassik
          ierarxik  tuzilmasi  yetarlicha  javob  qaytara  olmayapti.  Shu  sababli
          ham zamonaviy menejmentda iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishning

          jamoaviy usullariga alohida eʼtibor qaratiladi. Jamoalardan kompleks
          vazifalarning to‘la-to‘kis bajarilishini taʼminlash, xalqaro loyihalarni
          amalga oshirish, tashkilotni boshqarish borasida strategiyalarni
          ishlab  chiqish  va  shu  kabi  masalalarda  keng  foyda laniladi.  Jamoa
          puxta o‘ylangan holda tashkil etilib, uni boshqarish mohirona
          yo‘lga qo‘yilgan holda insonlarni boshqarish borasidagi jamoaviy
          yondashuv kompaniya faoliyati samaradorligini oshirishning muhim
          dastagiga aylanadi. Ushbu holatda, boshqaruvni amalga oshirayotgan
          shaxslarning o‘rni va mavqei keskin ortadi. Tashkilot, muassasa yoki

          muayyan bir iqtisodiy rayonning taqdiri mana shunday insonlarning
          malakasi, ish faolligi, odamlarga taʼsir ko‘rsata olish qobiliyatiga ko‘p
          jihatdan bog‘liq bo‘lib qoladi.
            Mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion asoslarga o‘tkazish

                                               345
   341   342   343   344   345   346   347   348   349   350   351