Page 344 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 344
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
INNOVATSION LOYIHA JAMOASINI
9-MAVZU
SHAKLLANTIRISH
9.1. Innovatsion start-up uchun jamoaning zaruriyati, ja moa-
ning taʼrifi va tarkibi
9.2. Jamoa tiplari
9.3. Kompaniyaning rivojlanishi asnosida innovatsion loyi ha
jamoasining dinamikasi
9.4. Innovatsion loyiha jamoasini shakllantirish, jamoani
ushlab qolish, rag‘batlantirish va rivojlantirish tamoyillari
9.5. Tarixiy yondashuv nuqtai nazaridan jamoani o‘rganish
Mavzuning qisqacha sharhi. Umumiy holatda, innovatsion loyi-
ha – bu fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘na-
lishlari bo‘yicha aniq maqsadlar (vazifalar)ga erishishga qaratilgan
resurslar, muddatlar va ijrochilar nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liq
faoliyatning murakkab tizimidir. Har bir innovatsion loyiha quyidagi
asosiy bo‘limlardan tashkil topadi: innovatsion loyihaning mohiyati,
qisqacha ko‘rinishda biznes loyihaning jozibadorligi; innovatsion
loyihani amalga oshiruvchi korxona.
Loyiha rahbarining asosiy vazifasi loyihani rejalashtirish, vazifalar
va resurslarni taqsimlash va hamma ishni o‘z vaqtida bajarishiga
ishonch hosil qilishdir. Rahbar jamoa aʼzolari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar uchun javobgar bo‘lgani holda, loyihani amalga
oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal qiladi. U
loyihaning natijasi qanday bo‘lishi lozimligi haqida bosh qotiradi.
Loyiha jamoasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: rejalashtirish –
resurslar, loyihani amalga oshirish muddati, loyihani amalga oshirish
bilan bog‘liq risklar va kutilayotgan natijani aniqlashtirish. Ishlab
chiqish – sifat andozalari, mijozning xohish-istaklarini inobatga
olgan holda mahsulot va xizmatni yaratish. Nazorat va qayta aloqa
- loyiha bajarilishini monitoring qilish va zaruriyat tug‘ilganda
rejalashtirish tizimiga tegishli tuzatishlar kiritish.
Bir so‘z bilan aytganda, har qanday innovatsion yoki investitsion
343