Page 348 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 348
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
9.1-jadval
Ilmiy-tadqiqot va tijorat faoliyati o‘rtasidagi asosiy
farqlovchi jihatlar
Fan Biznes
1. Boshqa sohalardan farqli ravishda fanda 1. Tashkilotning muvaffaqiyati ji-
muvaffaqiyat insonning shaxsiy qobiliyat- hatdan uning xodimlari, bo‘linma-
lariga, har bir xodimning kasbiy tayyor- lari ishining yaxshi yo‘lga qo‘yi li-
garligi va ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi. shiga va boshqaruv qarorlarning
Fan insonlarda fikr erkinligini, individua- o‘zaro kelishuv asosida qabul qili-
lizmni, kasbiy qa rorlar qabul qilish borasi- nishiga bog‘liq bo‘ ladi.
da mustaqil yo‘l tutish kabi xislatlarni tar-
biyalaydi.
2. Yangi bilimlarning kashf qilinishi asno- 2. Biznesda kelgusida biznesni ri-
sida olim yoki mutaxassis jamoatchilikni voj lantirish nuqtai nazaridan is-
yangi bilim va ixtirolardan xabardor qi- tiqbolli bo‘lgan har qanday yangi
lishga intiladi. g‘oya va ixtirolar axborotning tar-
qalib ketishidan himoya qilinadi.
1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy qad- 3. Tijorat faoliyatining asosiy qad-
riyatlari: hodisa yoki jarayonlarning asl riyatlari: foyda, biznes-jarayonlar-
mo hiyatiga yetish, rivojlanish, muqobillik- ning samaradorligi; standartlash-
ni oshirish, tuzilmani murakkablashtirish. tirish; variativlikni pasaytirish.
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati va tijoratga yo‘naltirilgan faoliyatning
o‘ziga xos jihatlarga egaligi bois, loyihalarda va jamoalarda insonlarni
boshqarishni murakkablashtiruvchi maʼlum bir ziddiyatlar kelib
chiqadi. Shu sababli turli faoliyat sohalarida (olimlar va menejerlar,
iqtisodchilar va muhandislar, dasturchilar va sotuvchilar) mehnat
qiluvchi xodimlardan iborat bo‘lgan jamoani boshqarishda muayyan
bir muammolar kelib chiqsa, bu borada bir qator shartlarning
bajarili shini taʼmin etishimiz talab etiladi. Bunday shartlar sirasiga
masalaning kun tartibiga qo‘yilishi, natijalarni rejalashtirish
va baholashga uning bajarilishini taʼmin etishga qodir bo‘lgan
mutaxassislarni jalb etish, jamoa tipiga bog‘liq holda korxona jamoasi
ishini tashkil etishda har bir xodimga nisbatan individual yondashish
kabilarni kiriti shimiz mumkin.
347