Page 524 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 524
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
yangi bozorlarga chiqish va yangi geografik hududlarni o‘zlashtirish
maqsadida diversifikatsiyalash imkoniyatlarini izlaydilar.
Ilmiy-texnologik ishlanmalarga ehtiyojning ortishi:
“Pfizer” tomonidan “Seagen” yoki “Cisco” tomonidan “Splunk”
kompaniyasining sotib olinishi qo‘shib olish va sotib olishlar
strategiyasida texnologiyalarning ahamiyati o‘sib borayotganligini
ko‘rsatadi. Tarmoq va sohalar tobora raqamlashayotgan sharoitda
kompaniyalar raqobat mavqeini saqlab qolish borasida texnologik
imkoniyatlarni izlab topishga tobora katta eʼtibor qaratmoqdalar.
Energetik sohasiga katta eʼtibor qaratish: “Pioneer Natural
Resources” kompaniyasining “ExxonMobil” va “Magellan
Midstream Partners L” kompaniyasining “Energy Transfer”
kompaniyasi tomonidan sotib olinishi energetika sohasiga eʼtibor
kuchayayotganligini ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida arzon va qayta
tiklanuvchi energiya manbalariga talabning ortishi bilan izohlanadi.
Strategik alyanslar: STORE Capital kompaniyasining GIC
tomonidan sotib olinishi ko‘chmas mulk sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
moliyaviy institutlar va kompaniyalar o‘rtasidagi aloqalarning
strategik darajaga ko‘tarib borayotganligini ko‘rsatadi.
Tibbiyot sohasiga urg‘u berish: “Seagen” kompaniyasining
“Pfizer” tomonidan sotib olinishi sog‘liqni saqlash sohasida sotib olish
va qo‘shib olishlarga bo‘lgan qiziqish susaymaganligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda dunyoda turli xil pandemiyalarning tarqalish xavfi
saq lanib qolayotgan bir paytda bu ayniqsa muhim o‘rin tutadi.
Transchegaraviy hamkorlik: o‘zaro bog‘liqlik tobora ortib
borayotgan dunyoda transchegaraviy hamkorlik birlashish va
qo‘shili sh ning xususiyatiga aylanib bormoqda. Kompaniyalar yangi
bozorlarga chiqish, mahalliy tajribadan foydalanish va bilimlarni
alma shish va resurslarni birlashtirish orqali innovatsiyalarni
rivojlantirish uchun xorijiy firmalar bilan hamkorlikdan keng
foydalanmoqdalar.
Barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan xaridlar: ekologik
muam molarning kun tartibidagi eng dolzarb muammolardan biri
bo‘lib qolayotganligi qo‘shib olish va sotib olishlar sohasida asosiy
523