Page 523 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 523

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                1.  STORE  Capital  kompaniyasining  GIC  kompaniyasi
             tomonidan sotib olinishi.
                STORE  Capital  kompaniyasining  GIC  kompaniyasi  tomonidan
             15  mlrd  AQSh  dollariga  sotib  olinishi  ko‘chmas  mulk  bozorida
             katta  o‘zgarishlar  yasashi  kutilmoqda. Bunday strategik qadam
             GIC kompaniyasining dunyoda sohada yetakchisi sifatida mavqeini

             yanada  mustahkamlaydi,  shuningdek,  o‘sish  va  diversifikatsiyalash
             borasida katta imkoniyatlar taqdim qiladi.
                1.  “Nippon  Steel  &  Sumitomo  Metal”  tomonidan  “United
             States Steel Corporation” kompaniyasining sotib olinishi.
                “Nippon Steel & Sumitomo Metal” tomonidan “United States Steel
             Corporation” kompaniyasining 14,9 mlrd. AQSh dollariga sotib olini-
             shi dunyo po‘lat quyish sanoatida katta qiziqish bilan qabul qilindi.
                Ushbu  strategik  qadam  nafaqat  “Nippon  Steel  &  Sumitomo
             Metal”  kompaniyasining  bozordagi  yetakchi  o‘yinchi  sifatidagi

             mav qeini  mustahkamlaydi,  balki  o‘sish  va  kengayish  uchun  yangi
             imkoniyatlar taqdim qiladi.
                Yuqorida keltirib o‘tilgan sotib olish va qo‘shib olishlar borasi dagi
             eng yirik 10 ta bitim asosida kelgusida qo‘shib olish va sotib olish-
             lar sohasida quyidagi tendensiyalar kuzatilishini bashorat qilish
             mumkin.
                Konsolidatsiyalashuvning  kengayishi: sotib olishlar ko‘lami

             sohadagi keng ko‘lamli birlashish va qo‘shilish tendensiyasi mavjudli-
             gi ni ko‘rsatadi. Bu kompaniyalar ko‘proq bozor ulushini oshirish va si-
             nergetik samaraga intilayotganliklari bois uzoq muddat davom etadi.
                Tarmoqlararo  hamkorlik: ushbu bitimlarga jalb qilingan
             tarmoq larning xilma-xilligi tarmoqlararo hamkorlikka qiziqish
             ortib borayotganidan dalolat beradi. Kompaniyalar innovatsiyalarni
             rivojlantirish  va  yangi  bozorlarga  chiqish  uchun  turli  tajriba  va
             resurslarni birlashtirishning afzalliklarini tushunib etmoqdalar.
                Global ko‘lamda kengayish: xususan, “Nippon Steel & Sumitomo

             Metal” tomonidan “United States Steel Corporation” kompaniyasi-
             ning sotib olinishi qo‘shib olish va sotib olishlar borasidagi bitimlar
             global miqyosda kengayib borayotganligini ko‘rsatadi. Kompaniyalar

                                                  522
   518   519   520   521   522   523   524   525   526   527   528