Page 527 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 527
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
milliy xavfsizlik va mudofaa tizimini taʼminlashda katta ahamiyat
kasb etadi.
Tashkilotning innovatsion (ilmiy-texnik) rivojlanishining
samaradorligi samara va unga sabab bo‘lgan xarajatlar nisbati
asosida aniqlanadi. Samaradorlik – bu birlikning ulushi yoki
foizlarida o‘lchanuvchi va sarflangan xarajatlar natijasini tavsiflovchi
nisbiy qiymat. Samaradorlik mezoni berilgan xarajatlar doirasida
samara (foyda)ni maksimal darajada oshirish yoki muayyan bir
samaraga erishish uchun sarflar (ishlab chiqarish xarajatlari)ni
minimallashtirishdir.
Shunday qilib, tashkilotning innovatsion rivojlanishi uning
investitsiya faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ilmiy tadqiqotlar
natijalarini (laboratoriya texnologiyalari) sanoatga joriy qilish uchun
ham, tayyor sanoat texnologiyasini sotib olish uchun ham yetarlicha
katta sarmoyalar talab etiladi.
Zamonaviy iqtisodiyotda korxonani innovatsion rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
• kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
• kimyoviylashtirish;
• elektrlashtirish;
• ishlab chiqarishni robotlashtirish;
• yangi materiallarni joriy etish;
• yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish.
Shu bilan bir qatorda, innovatsiyalar nafaqat katta investitsiyalarni,
balki ularni qo‘llashdan ijobiy natija olish borasida samarali
boshqaruvni ham yo‘lga qo‘yishni taqozo qiladi.
Innovatsion tadbirkorlik shaxsiy, biznes va ijtimoiy o‘sishga hissa
qo‘shuvchi ko‘plab afzalliklarni taqdim qiladi. Quyida bu boradagi
baʼzi jihatlarni sanab o‘tamiz:
1. Bozorni tabaqalashtirish: innovatsiya tadbirkorlarga
raqobatchilardan ajralib turadigan noyob mahsulotlar, xizmatlar
yoki yechimlarni yaratishga imkon beradi. Bunday tabaqalanish
raqobatning kuchayishiga, mijozlarni jalb qilishga, brendning
taniqligini oshi rishga xizmat qiladi.
526