Page 530 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 530
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
4. Ochiq bozorlarda texnologiyalarni sotib olish borasida muvaffa-
qiyatli amalga oshirilgan bitimlarga misollar keltiring.
1-topshiriq.
Misollarni ko‘rib chiqing. Har bir holatda qo‘llash maqsadga
muvofiq bo‘lgan risklarni kamaytirish usullarini ko‘rsating.
1. Innovatsion loyihani muvofiqlashtirishda sheriklarning ishonch-
sizligi va ular tomonidan taqdim etilayotgan axborotlarning
noxolisligi sezildi.
2. Innovatsion loyiha uchun loyihaning potensial samaradorligining
yuqori darajasi qayd etilgan, ammo ayni paytda mavjud va strategik
vaziyatning noaniqligi ham muhimdir.
3. Tashkilot faoliyatining turli sohalarida taxminan bir xil darajadagi
ishonchlilikka ega bo‘lgan bir nechta innovatsion loyihalar mavjud.
4. Umuman olganda, uni bozorga chiqarish bosqichi uchun risk
darajasi past bo‘lgan innovatsion loyihani amalga oshirishda risk
qiymati keskin oshishi aniqlandi.
Keys. “Mars Pringles” chip ishlab chiqaruvchisini
qariyb 36 mlrd dollarga sotib oldi
Kellanova rahbari oziq-ovqat kompaniyalarining bitimini “tarixiy
kombinatsiya” deb atadi.
Amerikaning “Mars” kompaniyasi oziq-ovqat bozorining yana bir
yirik o‘yinchisi – “Kellanova”ni sotib olganini eʼlon qildi.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, bitim 35,9 mlrd. dollarga tushadi.
“Kellanova”ning bitta aksiyasi 83,5 dollarga baholanmoqda – bu
so‘nggi 30 savdo kunidagi birja narxidan 1,4 baravar qimmat.
“Pringles” chipslari “Kellanova” brendi portfelida asosiy o‘rinni
egallaydi. Shuningdek, u “Kellogg”ning quruq nonushtasi, “Cheez-It”
krakerlari va “Pop-Tarts” va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
“Kellanova”ning 2023-yil oxiridagi savdosi 13 mlrd dollardan
oshdi, bu “Mars” daromadining chorak qismidan (50 mlrd dollar)
ko‘proq dir. Kompaniya 180 ta bozorga mahsulot yetkazib beradi va
23 mingga yaqin xodimga ega.
529