Page 531 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 531

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                “Mars” bosh direktori Pol Veyrauch gazaklar biznesini rivojlanti-
             rish uchun “muhim imkoniyat” borligini taʼkidladi.
                Kompaniyalar  “o‘zlarining  kuchli  tomonlarini  birlashtirishi”
             va  mijozlarga  yangi  mahsulotlarni  taklif  qilishlari  mumkin,  deya
             qo‘shimcha qildi u.

                O‘z  navbatida,  “Kellanova”  bosh  direktori  Stiv  Keylan  bitimni
             “tari xiy  kombinatsiya”  deb  atadi  va  strategiya  hamda  korporativ
             madaniyatdagi o‘xshashlikni qayd etdi.
                “Biz “Mars“ “Kellanova“  brendlari  va  xodimlari  uchun  tabiiy  uy
             bo‘lishiga aminmiz”, dedi u.


                                               Savollar
                Internet  maʼlumotlaridan  foydalangan  holda,  2024-yilning
             1-yarmida  amalga  oshirilgan  M&A  bitimlari  bo‘yicha  tahliliy

             maʼlumot tayyorlang.
                Keys. Aqlli urnalar
                Haqiqiy     sharoitda      ishlanmalarni      sinovdan      o‘tkazishning
             afzalliklarini  loyihaning  yana  bir  ishtirokchisi  –  “Greenbin”  aqlli
             urnalarini  ishlab  chiquvchi  Yevgeniy  Slepak  ijobiy  baholadi.
             Tadbirkorning  fikricha,  o‘z  loyihasining  pilot  sinovlari  tufayli
             moskvaliklar  chiqindi larni  saralash  oson  ekanligiga  ishonch  hosil

             qilishadi.
                “Greenbin”  ishlanmasi  800  litr  uchun  ikkilamchi  chiqindilarni
             tanlab (alohida) yig‘ish tizimidir. Idishning qismlari plastik, shisha,
             organik, metall va qog‘oz chiqindilarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan.
             Katta  hajm  tufayli  aqlli  urnalar  tez-tez  bo‘shatilishi  shart  emas.
             Qutining  to‘lishi  maxsus  sensorlar  tomonidan  tartibga  solinadi.
             Tizim  ichida  har  bir  qismning  tarkibini  200  dan  45  litrgacha  siqib
             chiqara digan press mexanizmi mavjud.
                Korpusda GSM datchik (ogohlantirish moslama)li energiya sig‘imli

             batareya va Wi-Fi mavjud. Konteyner 90 foiz to‘ldirilganda, mustaqil
             operatorga mobil telefon orqali xabar beriladi va axlat qayta ishlash
             uchun  olib  tashlanadi.  Qutilarni  zaryadlash  qopqoqda  joylashgan
             quyosh batareyasi yordamida amalga oshiriladi.

                                                  530
   526   527   528   529   530   531   532   533   534   535   536