Page 536 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 536

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV

                         INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT
          13-MAVZU
                         TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH


            13.1. Bozor sharoitida innovatsiyalar va korxonalar taraqqiyo-

          tining asosiy yo‘nalishlari
            13.2.  Rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotida  innovatsion
          faoliyatni boshqarish tajribasi
            13.3.      Davlatning        innovatsion         siyosati      korxonalar
          raqobatdoshligini oshirishning muhim omili sifatida
            13.4. Innovatsion salohiyatning iqtisodiy mazmuni va tarkibiy
          qismlari
            13.5.  Innovatsiya  sohasida  davlat-xususiy  sherikchilik
          munosabatlari

            13.6.  O‘zbekiston  Respublikasida  innovatsion  faoliyatning
          hozirgi holati va uni rivoj lantirish konsepsiyasi asoslari
            Mavzuning qisqacha sharhi. Innovatsion faoliyatni davlat tomo-
          nidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish innovatsiyalarni amalga
          oshirish borasida zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni
          yaratish, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi subyektlarning
          innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni

          moliyalashtirish      maqsadida       amalga      oshiriladi.     Davlatning
          innovatsiyalar sohasidagi siyosati ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning
          ajralmas  qismi  sifatida  davlatning  innovatsiyalarga  munosabatini
          ifodalaydi, hukumat idoralarining fan-texnika yutuqlarini joriy etish
          sohasidagi maqsad, yo‘nalish va faoliyat shakllarini ifoda etadi. Mazkur
          mavzu doirasida davlatning innovatsiyalar sohasidagi siyosati va uni
          amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
            Biznes  tarixi:  qog‘oz  fabrikasidan  boshlangan  “Nokia” brendi
          qanday rivojlangan?

            Har  qanday  biznes  loyihaning,  turli  brendlarning  o‘z  tarixi  bor.
          Bugungi  kungacha  bosib  o‘tilgan  yo‘l,  loyihadagi  keskin  burilishlar
          hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.
            Finlandiyaning  “Nokia”  kompaniyasi  butun  dunyoga  maʼlum.

                                               535
   531   532   533   534   535   536   537   538   539   540   541