Page 538 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 538

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          “Nokia 1100” telefonlari sotiladi. U bir vaqtning o‘zida barcha davrning
          eng ko‘p sotilgan telefoni va eng ko‘p sotilgan elektron qurilmasi edi.
            Ammo  ilk  smartfonlar  paydo  bo‘la  boshlagach  barchasi  o‘zgaradi:
          “Apple” va “Samsung” kompaniyalari tez orada Finlandiya kompaniyasi-
          ning bir necha yillik yetakchiligini egallab olishadi.

            2013-yilda “Microsoft” “Nokia”ning mobil telefonlar bo‘limi va ular bilan
          bog‘liq  barcha  patentlarni  sotib  oladi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  kompaniya  o‘z
          smartfonlari uchun “Nokia” brendidan foydalanishni to‘xtata boshladi.
            Kompaniyaning birinchi logotipi 1866-yilda paydo bo‘lgan bo‘lib, unda
          baliq tasvirlangan. XX asrning 20-yillarida logotipni yanada mazmunli
          va  zamonaviy  ko‘rinishga  o‘zgartirishga  qaror  qilinadi.  Yangi  logotip
          qora doiraga o‘xshardi, uning o‘rtasida kompaniya nomi yozilgan.
            XX  asrning  60−90-yillarda  kompaniya  logotipi  ikki  marotaba
          yangilandi. 1992-yilda “Odamlarni bog‘lash” (Connecting People) shiori

          kiritilganidan so‘ng, logotip biroz o‘zgartirildi. 2000-yillarda logotipda
          bir-biriga cho‘zilgan qo‘llar paydo bo‘ldi.
            Shuningdek,  2006-yilda  “Nokia”  logotipi  turi  va  rangi  biroz
          o‘zgartirildi, 2011-yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi modifikatsiyada esa shior
          olib tashlangan.
            2023-yilda logotip qayta ishlab chiqilib, kompaniyaning zamonaviy va
          progressiv qiyofasini o‘zida gavdalantirdi. Yangi konsepsiya “N”, “K” va “A”

          harflarining baʼzi shtrixlari mavjud bo‘lmagan ko‘k rangdagi bosh harflarga
          asoslangan. Faqat “O” va “I” harflarining konturlari to‘liq keltirilgan.
            Kompaniyaning  patent  portfeli  taxminan  20  mingta  patentdan
          iborat bo‘lib, ulardan 3500 dan ortig‘i 5G texnologiyasi uchun muhim
          ekanligi aniqlangan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kompaniya Yevropada
          yetakchi  hisoblanadi.  “Nokia”  mahsulotlari  dunyoning  150  dan  ortiq
          mamlakatlarida sotiladi.
            Brendning 2022-yilgi sof foydasi 4,478 mlrd dollarni tashkil etgan.
          2023-yilning 30-sentabrigacha yakunlangan o‘n ikki oylik sof daromadi

          4,09 mlrd dollarni tashkil etdi.
            2022-yilning  avgust  oyida  kompaniya  Rossiya  bozorini  tark  etishi
          maʼlum bo‘ldi. Yil oxirigacha mamlakatdagi biznesining katta qismini
          tugatishni rejalashtirgandi.

                                               537
   533   534   535   536   537   538   539   540   541   542   543