Page 540 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 540
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga
ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim. Qo‘yilgan
maqsadlarga O‘zbekistonni rivojlanishning innovatsion modeliga
to‘liq o‘tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning hamda
davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy
qilishni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish zaruratini taqozo
etadi. Biroq boy intellektual va infratuzilmaviy salohiyatga qaramasdan,
mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish ishlari tizimli asosda yo‘lga
qo‘yilmagan, bunga quyidagi tizimli muammolar mavjudligi sabab
bo‘lgan:
– davlatning rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy
fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish
tendensiyalari lozim darajada kompleks tahlil qilinmasdan va
o‘rganilmasdan kelgan; innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va
texnologiyalarni strategik prognoz qilish, qo‘llab-quvvatlash
va joriy etishni, shu ningdek, mamlakatning ilmiy-tadqiqot va
axborot-tahlil muassasa lari faoliyatini muvofiqlashtirishni
taʼminlaydigan yagona organ mavjud emas; innovatsion g‘oyalar,
ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy
sheriklik imkoniyatlarini keng tatbiq etish, investitsiyalarni jalb
etishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun
infratuzilmani takomillashtirishga yetarli eʼtibor qaratilmayapti;
– yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni joriy
etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha
tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat yo‘lga qo‘yilmagan;
– innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar sohasida
yuqo ri salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan
hamkorlik past darajada saqlanib qolmoqda.
Mamlakat iqtisodiyoti va xo‘jalik subyektlarining tadbirkorlik fao-
liyatiga taʼsir etishning asosiy vositalaridan biri – bu davlat iq tisodiy
siyosatining bo‘g‘inlaridan hisoblanuvchi innovatsion siyo satdir.
Davlat innovatsion siyosat yordamida bevosita ishlab chiqarish haj-
539