Page 545 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 545

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             dir. Yangi texnologiyalarga investitsiyalar raqobatbardosh, yuqori
             talab  bilan  isteʼmol  etiladigan  tovarlar  ishlab  chiqarishga  yordam
             beradi.
                Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining innovatsion faoliyati-
             ning asosiy ko‘rsatkichlarini tadqiq etish, mazkur jarayonlarga makro

             muhit  omillarining  taʼsiri,  innovatorlarning  xatti-harakatini  tahlil
             etish, innovatsiyalarning daromadliligi va xatarliligini baholash
             nazariyaning rivojiga o‘z hissalarini qo‘shadi.
                D. M. Keyns (1883 – 1946) tadqiqotlari alohida qiziqish kasb etib,
             uning nazariyasi “Bandlik, foiz va pul umumiy nazariyasi” ilmiy ishida
             o‘z aksini topadi. Uning fikricha, yalpi talabning rag‘batlantirilishi va
             faollashuvi tovar va xizmatlar ishlab chiqarish va taklif qilishga taʼsir
             etishga qodirdir. Bunda innovatsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
             Innovatsiyalar  hajmi,  daromadliligi  va  foydasidan  ishlab  chiqarish

             ko‘lami va surʼati bog‘liq bo‘ladi.
                Keyns  nazariyasida  multiplikator  tamoyilining  o‘rni  katta.  Mul-
             tiplikatorning lugʼaviy maʼnosi “ko‘paytiruvchi”dir. Mazkur tushun-
             chani iqtisodiyot sohasiga angliyalik iqtisodchi R. F. Kan birinchi bo‘lib
             tatbiq etdi. Multiplikator nazariyasida milliy daromad va bandlikning
             oshishida investitsiyalarning rolini belgilash muhim ahamiyat
             kasb  etadi.  D.  Keyns  fikricha,  investitsiyalarning  ko‘payishi  ishlab

             chiqarishga  qo‘shimcha  ishchilarni  jalb  etishga,  yaʼni  bandlikning
             oshishiga,  natijada  esa  daromad  va  isteʼmolning  ko‘payishiga  olib
             keladi.  D. Keyns  multiplikator  investitsiyalar hajmining o‘sishi
             daromadning  investitsiyalar  o‘sishi  ko‘rsatkichlariga  nisbatan  K
             martaga katta bo‘lishini anglatadi, deb uqtiradi. Shunisi maʼlumki,
             mazkur konda avvalambor natijasi fan va texnika -yutuqlarini ishlab
             chiqarish  va  ijtimoiy  sohalarga  joriy  etish  bo‘lgan  investitsiyalash
             yo‘na lishlaridan biri bo‘lgan innovatsiyalarga taalluqlidir.
                Xulosa qilib aytish mumkinki, akseleratsiya tamoyili deganda,

             innovatsiyaga talab savdo va daromadning oshishi bilan yuzaga
             keluvchi holat sifatida izohlaydigan jarayon tushuniladi.
                Akseleratorning oddiy formulasi quyidagicha: It=a(Yt-Yt-l)
                Bunda,      It–yangi     investitsiyalar      o‘sishi;    a–akseleratsiya

                                                  544
   540   541   542   543   544   545   546   547   548   549   550