Page 550 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 550
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
qilish jarayo nidir. Markazlashgan kapital qo‘yilmalar hajmining
keskin qisqarishi bilan bog‘liq holda innovatsion faoliyatni
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan, davlat tomonidan boshqariladigan
kompleks tizim ishlab chiqilishi lozim. Yangiliklar potensialini
qayta tiklash muammosi nafaqat pul mablag‘lari hajmini oshirish,
balki iqtisodiyot ning yangi sektori ilmiy-texnika mahsulotlari
bozorining shakllanishiga borib taqalishi lozim. Davlatning kelajagi
innovatsion potensial shakllanishi va taraqqiyotining asosiy masalasi
bo‘lgan muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, uning amalga oshirilishi
barcha iqtisodiy islohotlar ning asosi sifatida samarali innovatsion
siyosatning ishlab chiqili shini talab qiladi.
Innovatsiyalarning respublika iqtisodiyoti va korxonalarning za-
mo naviy holati bilan bog‘liqliklari zamonaviy sharoitlarda quyidagi
jihatlar asosida yuz beradi:
1) innovatsiyalar milliy iqtisodiyotga to‘la taʼsir o‘tkazadi, uning
barqaror taraqqiyotini budjet va ilmiy-texnika siyosati orqali
taʼminlaydi, aholi turmush darajasini ko‘tarish bo‘yicha konkret
vazifalarni bajarish uchun juda zarur ijtimoiy-iqtisodiy taʼminot
bo‘yicha iqtisodiy imkoniyatlarni yaratadi;
2) innovatsion muhit iqtisodiyotning sanoat holatiga taʼsir etadi,
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish moddiy bazasini yaratish va
uning amal qilishini taʼminlaydi, ishlab chiqarishni samarali sanoat
uskunalari namunalari bilan jihozlaydi;
3) innovatsion siyosatni amalga oshirish muhim sotsial-iqtisodiy
ahamiyatga ega, u davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishga
yordam beradi.
Fikrimizcha, davlat iqtisodiy siyosati va innovatsiyalarning o‘zaro
bog‘liqligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
– innovatsiyalarning jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy sharoitlari
bilan to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgarishi davlat iqtisodiy asoslari
mustahkamlanishining muhim sharti ekanligi – bu uning birinchi
tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlat hayotining iqtisodiy
asoslarini mustahkamlash zarurligi innovatsiyalardan foydalanish
yo‘nalishlari va vositalariga taʼsir ko‘rsatadi;
549