Page 555 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 555

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             birdaniga  yaratishga  yordam  beradi.  Bunda  hukumat  faqat  bitta
             taʼminotchiga tayanib qolmaslikka harakat qiladi va yangi mahsulotlar
             xarid qilish bo‘yicha birdaniga bir necha ishlab chiqaruvchilar bilan
             shartnomalar  tuzadi.  Mahkama  o‘z  asosiy  taʼminotchisidan  boshqa
             firmalarga shunday mahsulotlar ishlab chiqarish uchun litsenziyalar

             berishni talab qiladi, bu esa yangiliklarni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida
             raqobatning yanada kuchayishiga olib keladi.
                Davlat  yangiliklarni  ishlab  chiqaruvchi  xorijiy  subyektlar  uchun
             to‘siq  qo‘yib,  milliy  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  tajriba  to‘plashga
             imkon  beradi.  Jumladan,  yangiliklar  asosida  turuvchi  ko‘pgina
             kashfiyotlar hukumat buyurtmasi va mablag‘lariga ko‘ra yaratilgan.
             Avvalo,  mutlaq  davlat  bozori  uchun  mo‘ljallangan  mahsulotlar
             bo‘lgan  yangiliklar  asta-sekinlik  bilan  fuqarolik  tarmoqlari  uchun
             ishlab  chiqarila  boshlandi.  Masalan,  EHMlar  va  yo‘ldoshli  aloqa

             kabilar.
                AQShda taxminan o‘n besh ming atrofida kichik innovatsion fir-
             malar  hisobga  olingan.  Hisob-kitob  qilinishicha  kichik  firmalar
             yiriklarga nisbatan ikki marta ko‘p yangiliklar yaratadilar, eng yangi
             mahsulotlar esa bunday firmalarda 2,5 marta ko‘p yaratiladi. Kichik
             firmalar  yangiliklarni  joriy  etish  borasida  yirik  firmalarni  ort da
             qoldiradilar.

                Mahsulotni  ishlab  chiqarishdan  boshlab  uni  tijoratlashtirish  va
             yangi mahsulot bilan bozorga chiqishgacha bo‘lgan vaqt davriyligi
             kichik firmalarda 2,2 yilga teng bo‘lsa, yirik firmalarda bundan 1,5
             marta ko‘p vaqtni talab etadi.
                AQSh Milliy ilmiy fondining hisob-kitoblariga ko‘ra, bu mamlakatda
             yaratiladigan  yangi  mahsulotlarning  98  foizi  kichik  tadbirkorlik
             hisobidan  shakllanadi.  ITTKI  ga  qilinadigan  1  dollarlik  xarajat
             hisobiga kichik tadbirkorlik yirik korporativ tadbirkorlikka nisbatan
             24 marta ko‘p yangiliklar yaratar ekan.

                Dastur doirasida arizalarni baholash va loyihalarning kelgusida
             bajarilishini  nazorat  qilish  bilan  shug‘ullanuvchi  yettita  qo‘mita  tu-
             zilgan, qo‘mita tarkibiga olimlar, tadbirkorlar, shuningdek, hukumat
             boshliqlari kiritilgan. Zarur bo‘lganda xorijdan ekspertlar jalb qili nadi.

                                                  554
   550   551   552   553   554   555   556   557   558   559   560