Page 553 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 553

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             ladigan loyihalar “yuqori novatorlik loyihalari” sifatida tavsiflanadilar.
             O‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra shu narsa aniqlandiki, bunday
             dasturlar  amal  qilmasa,  kichik  firmalar  tomonidan  qo‘llanilishi
             mumkin bo‘lgan loyihalarning faqat 16 foizigina amalga oshirilishi
             mumkin ekan. Ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-konstruktorlik ishlari

             (ITTKI)ga federal fondlarni birlamchi taqsimlash bo‘g‘in turi bo‘yicha
             amalga oshiriladi. Har bir bo‘g‘in o‘z rasmiy vazifalariga mos bo‘lgan
             ITTKIni bajarish bilan shug‘ullanadi. Har bir bo‘g‘in rahbariyati
             ilmiy -tadqiqot budjetlarining qanday qismini shu bo‘g‘in ijrochilari
             tomonidan  sarflash,  qanday  qismini  tashqi  bo‘g‘inlarga  taqdim
             etishni o‘zi belgilab oladi. Masalan, AQSh Mudofaa vazirligi o‘z ITTKI
             budjetining  75  foizini  universitet  va  sanoat  firmalari  hisoblangan
             tashqi ijrochilar orqali sarflaydi.
                Davlat tomonidan ilmiy siyosatning amalga oshirilishida asosiy

             eʼtibor  Amerika  fanining  moddiy-texnik  bazasining  sifatiga,
             avvalambor,  universitetlar  faoliyati  sifatiga  qaratiladi.  AQShda
             Mudofaa vazirligi 80-yillarda universitetlar va kollejlarning tadqiqot
             bazasini rivojlantirish dasturini amalga oshirdi. Bunday dasturlarni
             boshqa bo‘g‘inlar ham amalga oshirganlar, jumladan, Milliy ilmiy
             fond    universitetlar     tadqiqotchilari      davlat    laboratoriyalarida
             o‘rnatilgan  superkompyuterlarni  maʼlum  vaqtga  ijaraga  olishlari

             uchun mablag‘lar ajratdi.
                Hukumat        maqsadli      subsidiyalar,      dotatsiyalar      tadqiqot
             stipendiyalarini  fundamental  fanlar  va  sanoat  o‘rtasida  uzoq
             muddatli  aloqalar  o‘rnatilganligi  uchun  ajratadi,  universitet
             olimlari sanoat kompaniyalari uchun qiziqarli bo‘lgan muammolar
             bilan shug‘ullanadigan injenerlik markazlarini tuzadi. Bunday
             markazlarning umumiy soni 100 taga yetdi. Milliy ilmiy fond bunday
             markazlar uchun infratuzilma bazasini yaratadi.
                Davlat idoralari tadqiqotchilik loyihalarida teng huquqli moliyaviy

             hamkor  sifatida  qatnashadilar.  Sanoatda  fundamental  fanlar
             natijalarini  taqsimlash  kanali  rolini  ITTKIni  amalga  oshiruvchi
             federal laboratoriyalar va universitetlarda, xususiy firmalarda faoliyat
             yurituvchi  mutaxassislarni  o‘qitish  maxsus  kurslari  bajaradilar.

                                                  552
   548   549   550   551   552   553   554   555   556   557   558