Page 554 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 554

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          Bunday kurslar qator vazirliklar, tashkilotlar (jumladan, NASA,
          Standartlar milliy byurosi, Milliy ilmiy fond va boshqalar) va yetakchi
          texnik oliy o‘quv yurtlari huzurida tashkil etilgan.
            Ilmiy  siyosatni  amalga  oshirishda, AQSh  hukumati  fundamental
          ilmiy g‘oyalar zaxirasini yaratadi va yangi texnologiyalarni ishlab

          chiqish uchun zarur mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi;
            – ilmiy-texnik loyihalar moliyaviy xatarini kamaytiradi;
            – akademik va amaliy fanlar o‘zaro munosabatlarini tashkil etishda
          vositachilik funksiyasini amalga oshiradi;
            –  ilmiy  sohada  muvozanatsizlikni  to‘g‘rilaydi,  ilm-fan  moddiy-
          texnik bazasi qoloqligini bartaraf etadi, ilmiy tadqiqotlarning axborot
          bazasini rivojlantiradi.
            Ilm-fan sohasidagi siyosatdan tashqari, turli davlat mahkamalari
          doirasida  ijtimoiy  tavsifdagi  tadbirlar  ham  amalga  oshiriladi.  Ular

          bevosita moliyaviy ko‘makni ko‘zda tutuvchi biznesning innovatsion
          faolligiga qaratilgan bo‘ladi, (masalan, kichik firmalarda yangiliklarni
          joriy etishni qo‘llab-quvvatlash dasturlari bo‘yicha faoliyat). Amaliy
          tadqiqotlarni  yuritish  uchun  Milliy  ilmiy  fondi  mablag‘laridan
          foydalanilib, ular yangiliklarni joriy etish markazlarini shakllantirishga
          yordam beradi va davlat mablag‘lari hisobidan innovatsion firmala-
          riga venchur kapitalini ajratadilar.

            AQSh  uchun  davlatning  innovatsion  faolligiga  taʼsir  etishi ning
          o‘ziga  xos  kanali  tovarlar  va  xizmatlarni  o‘zlashtirish  uchun  mo‘l-
          jallangan shartnoma tizimi hisoblanadi. Davlat xaridlari – yangilik-
          larni joriy etish “talabi”ning muhim unsuridir, Ancha katta savdo haj-
          miga ega bo‘lgan kafolatli bozorning mavjudligi ishlab chiqaruvchi
          firmalarga  ishlab  chiqarish  ko‘lami  va  tajriba  bo‘yicha  tejamkorlik
          asosida sarflarni keskin qisqartirishga imkon beradi. Yangiliklarning
          texnik ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilan bir qatorda
          xarajatlarni qisqartirish uning bozorga chiqishi va taqsimlanishida

          yetarli darajadagi samaradorligini baholash imkonini yaratadi.
            Federal mahkamalarga qarashli ko‘pgina shartnomalarning
          raqobatlilik    xususiyatiga      egaligi    shartnomalarda       kelishilgan
          majburiyatlarni qondirishga xizmat qiluvchi bir nechta turli yangiliklarni

                                               553
   549   550   551   552   553   554   555   556   557   558   559