Page 559 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 559

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             tarkibiga soliq, moliyaviy, amortizatsion, kredit va bojxona siyosati
             kabilarni qamrab oluvchi bilvosita tartibga solishni amalga oshirish
             davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
                Davlat tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
             ishlarini rag‘batlantirish zarurati fan va innovatsion jarayonlarning

             iqtisodiy o‘sish va milliy sanoat korxonalarining raqobatbardoshli-
             gini oshirishning asosiy omili ekanligi, hamda yangi ishchi o‘rinlari
             yaratish manbai ekanligi bilan izohlanadi.
                Tadbirkorlik faoliyati uchun iqtisodiy sharoitlar shakllanishi bilan
             bog‘liq innovatsion faollikni rag‘batlantirishning bilvosita tadbirla-
             ridan biri  – bu tadbirkorlarga mablag‘ va resurslarning sezilarli
             qismini innovatsion jarayonlarga yo‘naltirishga imkon beruvchi soliq
             va amortizatsiya siyosatini yurgizish hisoblanadi.
                Davlat tomonidan  innovatsion jarayonlarni tartibga solishning

             zarurati avvalo ularning iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun aha-
             miyati oshayotganligi bilan bog‘liqdir. Mamlakatning iqtisodiy ta-
             raq qiyoti  ekstensiv  va  intensiv  omillar  mosligiga  tayanadi.  Zamo-
             naviy  davrda  ishlab  chiqarishga  yangi  birlamchi  resurslarni  jalb
             etish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyati cheklangandir. Shu
             sababli iqtisodiy taraqqiyotda intensiv omillar hal qiluvchi ahamiyat
             kasb etadi. Demak, innovatsiyalarning umum ijtimoiy mohiyatining

             asosiy  jihati  ularning  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarga  hal  qiluvchi
             taʼsiri  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  innovatsiyalar  ijtimoiy  ishlab
             chiqarish  tuzilmasiga,  institutsional  iqtisodiy  mexanizmlarga,
             ijtimoiy  barqarorlikka,  atrof-muhitga,  milliy  xavfsizlik  darajasiga
             va eng asosiysi jahon xo‘jaligi tizimidagi milliy iqtisodiyotlar
             raqobatdosh ligiga taʼsir etadi.
                Demak, davlat innovatsion jarayonlarni bugungi kunda aynan
             ular  mamlakat  taraqqiyoti  istiqbolini  belgilab  berishi  tufayli  ham
             tartibga solishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni taʼkidlash

             mumkinki,  davlat  innovatsion  siyosati  uch  asosiy  yo‘nalishga
             ajratiladi:
                –  innovatsion faoliyatni faollashtirishni taʼminlash.
                U o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: fundamental tadqiqotlarni

                                                  558
   554   555   556   557   558   559   560   561   562   563   564