Page 561 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 561

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                2.  Innovatsiyaga sarflar va uni joriy etishdan olinadigan samara
             vaqt bo‘yicha mos kelmaydi. Jumladan, qandaydir yangi mahsulotni
             seriyali  ishlab  chiqarish  butun  davri  davomida  amalga  oshirilgan
             sarflar  uni  sotish  boshlanishi  bilan  qoplanmay,  maʼlum  muddat
             o‘tishini talab qiladi. Innovatsiyalarning  qoplanish hisob-kitobida
             vaqt omili diskontlash usulini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

             Bu,  xo‘jalik  sub yektining  joriy  va  istiqboldagi  manfaatlari  birligini
             buzuvchi  xususiyat  bo‘lib,  innovatsion  faoliyat  bilan  shug‘ullanish
             istagiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
                3. Rejalashtirilgan natijalarga erishishda noaniq unsurlar, xavfning
             mavjudligi. Jahon tajribasidan maʼlumki, mehnat va vositalar sarflari
             izlanish tavsifiga ega bo‘ladi va amalga oshiriladigan sarflarni qoplab,
             foyda keltiradigan mahsulotlar ko‘rinishiga ega bo‘lmaydi.
                4.  Ilg‘or  innovatsiyalarning  kichik  foizlar  tashkil  etishi,  bunda
             ilg‘or innovatsiyalar nafaqat o‘zi uchun, shuningdek, omadsiz g‘oya-

             lar uchun sarflarni qoplaydi.
                5.  Anʼanaviy  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi
             bo‘ limlar  moliyaviy  ko‘rsatkichlari  yomonlashuvining  oldini  olish
             uchun alohida budjet zarurati.
                6.  Anʼanaviy  faoliyatdan  farq  qiluvchi  innovatsion  faoliyatni
             baholash  mezonlarining  qo‘llanilishi.  Masalan,  “foydaning  yillik
             o‘sishi”  mezonini  har  doim  qo‘llab  bo‘lmaydi,  chunki  innovatsion

             mahsulot yaqin uch-to‘rt yilda hech qanday foyda bermasdan, uzoq
             muddatli istiqbolda foyda keskin ko‘tarilib ketishi mumkin.
                7.  Barcha eskirgan vositalardan tizimli ravishda voz kechish, bu
             esa o‘z navbatida resurslarni yangi ishlab chiqarishni amalga oshirish
             uchun bo‘shatish imkonini beradi.
                Innovatsion faoliyatni samarali boshqarish uchun zarur sharoitlar
             quyidagilar hisoblanadi:
                – zarur jarayon sifatida qaraladigan yangiliklarni izlash va o‘zlash-
             tirishni  rag‘batlantiruvchi  maʼqul  sharoitni  yaratish.  Innovatsion

             bo‘g‘inlarda  faoliyat  yuritadigan  ishlovchilarni  rag‘batlantirish
             innovatsion jarayon iqtisodiy xususiyatlarini inobatga olgan holda
             amalga oshirilmog‘i lozim;

                                                  560
   556   557   558   559   560   561   562   563   564   565   566