Page 565 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 565

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             soni va sifati, ilmiy faoliyat bilan bandligi hamda mehnat unumdorligi
             bilan belgilanadi.
                Natijali komponent innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish
             bilan bog‘liq bo‘lib, innovatsiyalarning soni hamda milliy iqtisodiyot-
             ning ustuvor tarmoqlaridagi innovatsion faollik va yuqori iqtisodiy

             samaradorlik darajasiga qarab aniqlanadi. Mamlakat ijtimoiy-
             iqtisodiy tizimining innovatsion salohiyati hududlar, tarmoqlar,
             sohalar, korxonalar va insonlarning innovatsion salohiyatlari
             jamlanmasini o‘zida mujassamlashtiradi (13.1-rasm).


                       Mamlakatning innovatsion salohiyati




                           Hududlarning innovatsion salohiyati




                             Tarmoq va sohalarning innovatsion salohiyati



                                   Korxonalarning innovatsion salohiyati




                                        Ishchi kuchining innovatsion salohiyati


                         13.1-rasm. Milliy innovatsion salohiyat tashkil etuvchilari
                Manba:  A.A.  Mamatov,  T.T.  Jo‘rayev,  A.N.  Erkayev  Innovatsion
             iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.

                Mamlakatning innovatsion salohiyati bir tomondan, innovatsion

             faoliyatni tashkil etish uchun muhim bo‘lgan mamlakatdagi mavjud
             yalpi resurslarni, ikkinchi tomondan – takror ishlab chiqarish jara-
             yonida  innovatsion  faoliyatni  tashkil  etish,  barcha  innovatsion
             imkoniyatlarni  turli  xo‘jalik  subyektlari  faoliyatida  iqtisodiy
             munosabatlar tizimini shakllanishidan iborat bo‘ladi.
                Hududning innovatsion salohiyati tarmoq va korxona innovatsion
             salohiyatlarining birlashish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Hududning

                                                  564
   560   561   562   563   564   565   566   567   568   569   570