Page 568 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 568

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          ti yojlarini qondirish darajasi va imkoniyatlarini yaratish imkoniyati,
          samarali talabning mavjudligi sifatida namoyon bo‘ladi.
            7.  Tadbirkorlik salohiyati innovatsion jarayonda ishtirok etuvchilar
          tomonidan innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etuvchisi sifatida
          qaraladi.

            Tarmoq darajasidagi innovatsion salohiyat ular faoliyatining da-
          vomiyligidan va rivojlangan texnologiyalar taʼsiridan kelib chiqqan
          holda  tarmoqlarning  mustaqil  ravishda  rivojlanish  imkoniyatlarini
          belgilab beradi. O‘z navbatida, tarmoqlarning ilmiy-texnik salohiyati,
          ustuvor  tarmoqlarda  amaliyotga  tatbiq  etish  uchun  innovatsion
          resurslarni ishlab chiqish bilan tavsiflanadi.
            Tarmoq darajasida resurs salohiyati korxonalar va sanoatning
          innovatsion rivojlanish talablariga mos keladigan imkoniyat sifatida
          quyidagi tarkibiy qismlar orqali amalga oshiriladi:

            –  sanoatning  umumiy  aktivlari  (ishlab  chiqarish  mashinalari,
          uskunalar);
            –  mavjud xomashyo va materiallar (aylanma mablag‘lar);
            –  axborot resurslari;
            –  sanoat korxonalaridagi jami bo‘sh turgan moliyaviy resurslari;
            –   innovatsion jarayonni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan
          ishchi kuchi resurslari.

            Tarmoqlardagi  ishchi  kuchi  resurslarining  tashabbuskorligi,
          tadbirkorlik layoqati, yangiliklarni amaliyotga joriy etishi,
          innovatsion jarayonlarni amalga oshirish va uni yaxshi qabul qila
          olish imkoniyatlari intellektual salohiyat hisoblanadi.
            Tarmoqning  isteʼmol  salohiyati  ularning  mahsuloti  egallagan
          bozor segmentini saqlab qolish va uning hajmini oshirish imkoniyati
          hamda  isteʼmolchining  ushbu  mahsulotlardan  yuqori  darajada
          naflilikka erishishi sifatida qaraladi.
            Hozirgi kunda ilmiy-texnikaviy sohaning, yaʼni fan, taʼlim, texnika

          taraqqiyoti, texnologiya bozorining rivojlanishi iqtisodiy o‘sishning
          barqaror davom etishi uchun asos yaratib, ijtimoiy-iqtisodiy muam-
          molarni hal qilishda muhim omillardan biri sanaladi. Innovatsion
          salohiyat jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida imkoniyatlarni

                                               567
   563   564   565   566   567   568   569   570   571   572   573